VISHNEVSKIY Aleksandr Aleksandrovich

VISHNEVSKIY Aleksandr Aleksandrovich (1906—1975) — jarroh, Tibbiyot FA akad. (1957), Rossiya (1956) va Oʻzbekistonda (1963) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tibbiyot xizmati generalpolkovnigi (1963), tibbiyot fanlari d-ri (1936), prof. (1939). 1948-y. dan Tibbiyot FA Jarrohlik in-tining direktori. Ayni vaqtda 1956-y. dan Armiya bosh jarrohi. Mitral stenoz boʻlgan yurakni jahonda birinchi boʻlib operatsiya qilgan (1953); sunʼiy qon aylanish apparati yordamida «ochiq yurak» operatsiyasini birinchi boʻlib amalga oshirgan (1957). Tugʻma va hayotda orttirilgan yurak porogini operatsiya qilib davolashning yangi usuli Vishnevskiy rahbarligida ishlab chiqilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x