BUXORO VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI

BUXORO VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRIbolalar teatri. 1982-y. Buxoro sh. da tashkil etilgan. Oʻzbek va rus guruhlari mavjud. A. Abdullayev, G. Fayziyeva, N. Rahmatova, Sh. Jabborov, J. Baqoyev, A. Mirgʻiyosov, O. Safarov, V. Zubkovskaya, Ye. Vardasheva kabilar teatrning ilk ijodkorlaridir. Birinchi bosh rej. Shomurod Yusupov (1982 — 92). Teatr ijodkorlari xalq anʼanaviy qoʻgʻirchoq teatri tomoshalarini ijodiy oʻzlashtirgan holda, chet el qoʻgʻirchoq teatrlari sanʼati yutuqlari bilan oʻz sanʼatlarini boyitdilar. Eng yaxshi spektakllari: «Chodirjamol», «Doʻstlik sinovi» (Q. Majidov), «Baxt axtargan Hasan» (Ye. Speranskiy), «Senimi boʻri, shoshmay tur» (A. Kurlyanskiy, A. Xait), «Karvonsaroy» (Sh. Yusupov), «Mittimiton» (M. Xalil), «Miyov ismli mushukcha» (Nguyen Din Txi), «Obi hayot» (G. Aliyeva), «Eng kichik Gnom» (V. Seduxin) va b. Bosh rej. — Galina Aliyeva (1998-y. dan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x