BUGʻUCHALAR

BUGʻUCHALAR, kanchillar (Tragulidae) — juft tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Afrika B. i (Hyemoschus) va Osiyo B. i yoki kanchillari (Tragulus) degan ikkita uruqqa boʻlinadi. Afrika Bugʻuchalar ining faqat bitta turi (N. aquaticus) bor. U Afrikaning tropik oʻrmonlarida yashaydi. Osiyo Bugʻuchalari yoki kanchillarning Jan. va Jan. Sharqiy Osiyoda tarqalgan 3 turi bor. Bugʻuchalarning tuzilishi bugʻuga oʻxshaydi, lekin undan kichik boʻladi. Kattaligi quyondek keladi. Shoxi boʻlmaydi, oyoqlarida toʻrttadan barmoqlar bor. Bugʻuchalarning eng mashhuri Yava bugʻuchasi yoki kanchilidir (T. javanicus). Uning boʻyi 40 sm, dumi 4 sm cha. Oʻzi juda chiroyli. Bosh tomoni och jigarrang, bikini sariq, yelkasi qoramtir. Erkagining tishi 3 sm tashqariga chiqib turadi. Oʻrmon va butazorlarda yashaydi. U tungi hayvon. Oʻsimlik va mevalar b-n oziqlanadi, 2 ta bola tugʻadi. Goʻshti yumshoq va mazali.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x