BUXORO YAHUDIYLARI

BUXORO YAHUDIYLARI, Oʻrta Osiyo yahudiylari (oʻzlarini «isroel», «bane iyeroel», «yahudiy-tojik» deb atashadi) — Oʻrta Osiyonyng turli shaharlarida yashaydigan etnik guruh. B. ya. atamasi birinchi boʻlib 16-a. da paydo boʻlgan. Buxoro yahudiylarining oʻtmishdagi u mumiy soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. Ingliz missioneri Volf amir Nasrullaxon hukmronligi davri (1826—60)da Buxoroda 10 ming yahudiy yashaganligini koʻrsatib oʻtgan. Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 1926-y. da Oʻzbekistonda 18172, 1989-y. da esa 28369, shu jumladan Buxoroda 4200 Buxoro yahudiylari yashagan. Oʻzbekistonda Buxoro yahudiylari, asosan, Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Xatirchi, Shahrisabz, Andijon, Margʻilon, Toshkent sh. lari da yashaydilar. Buxoro yahudiylari tili yahudiy-tojik tili boʻlib, tojik tilining jan. guruhiga kiradi.

Buxoro yahudiylarining Oʻrta Osiyoda qachon paydo boʻlganlari munozarali. Baʼzi olimlar (M. Zand)ning fikricha, yahudiylar Oʻrta Osiyoda mil. av. 6-a. da paydo boʻlganlar. Yahudiylar ensiklopediyasida Buxoro hududi Bibliyadagi Xabar b-n, iyeroilliklarning oʻn pushti surgun qilingan joylardan biri sifatida tenglashtirilgan (mil. av. 722). Arxeologax tadqiqotlarga koʻra, yahudiylar Oʻrta Osiyo (Marv, Samarqand) ga 2—4—5-a. va 8-a. larda kelganlar. Yozma manbalarga koʻra esa mil. av. 1-a. —mil. 1-a. da Marvga, 6 — 80a. larda Xorazmga kelganlar. V. V. Bartoldning yozishicha, 10-a. da Movarounnahrda yahudiylar xristianlarga nisbatan kupchilikni tashkil qilgan. Tudellik sayyoh Veniamin (12-a.)ning maʼlumoticha, Samarqand sh. da 30 ming yahudiy yashagan. Yahudiylarning Buxoroda boʻlishlari toʻgʻrisida ilk maʼlumot 13-a. ga toʻgʻri keladi. Buxoro yahudiylarining oilaviy afsonalariga koʻra, 14-a. oxiri — 15-a. boshlarida yahudiy toʻquvchilar Amir Temur tomonidan Sabzavor, Sheroz va Bagʻdodsan Movarounnaxrga olib kelingan. Ular keyinchalik mahalliy yahudiy jamoalari b-n aralashib ketishgan. 16-a. da Buxoro yahudiylarning bosh markaziga aylangan, shu ayerda shaharda yahudiylar mahallasi — «Mahallai koʻhna» tashkil topgan. Buxoro yahudiylari iudaizm diniga eʼtiqod kilishadi. Barcha shaharlarda, yahudiylar gʻuj boʻlib yashagan mahallalarda sinagogalar boʻlgan.

20-a. ning 30-y. lari boshlaridagi stalincha qatagon davrida 1000 ga yaqin Buxoro yahudiylari hibsga olingan, sinagogalar, yahudiy maktablari, teatr, muzey va gaz. lar yopilgan. Buxoro yahudiylaridan adabiy esdaliklarning mashhur mualliflaridan biri Solomon ben Samuel boʻlgan. U 1338-y. Urganchda yahudiy tili lugʻatini tuzgan, Moshe ben Dovud forsiyda poemalar bitgan. 17a. oxiri — 18-a. 1-yarmida shoir Yusuf Yagudi (Mollax Iosif ben Isaak)ning «Yetti akauka» asari Buxoroda mashhur boʻlgan. Buxoro yahudiylarining asosiy mashgulotlari savdo, musiqashunoslik, artistlik, xunarmandchilik boʻlib, keyinchalik maishiy xizmat, pedagoglik sohalari, muhandis, vrachlik kasblarini egallashgan. Buxoro yahudiylari orasidan fan va madaniyatning yirik arboblari yetishib chiqqan: fan doktorlari — prof. Yu. I. Isʼhoqov, I. A. Kalantarov, B. I. Pinxasov, N. M. Mallayev; kompozitorlar — M. Leviyev, S. Yudakov; rassomlar — Yu. M. Yelizarov; Oʻzbekiston xalq artistlari — L. Boboxonov, B. Davidova, I. Oqilov, M. Yoqubova, M. Shamayeva shular jumlasidandir.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan (1991)dan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha millat va elat vakillarining tili, urfodati, anʼanalariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishni kafolatladi. Buxoroda 2 sinagoga, yahudiy tilida oʻqitiladigan maktab va bolalar bogchasi faoliyat koʻrsatadi. Samarqandda «Shofar» gaz. nashr qilinadi (1998). Turli diniy marosimlar erkin oʻtkaziladi.

Ad.: Almeyev R., Buxarskiye yevrei, Buxoro, 1998.

Robert Almeyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x