BUTUNTIRNOQ

BUTUNTIRNOQXorazm ayollarining ziynat buyumi, chakkaga taqiladigan taqinchogʻi, tumor. Asosini 5 burchakli yirik shakldagi gʻilofdon tashkil etadi. Yon tomonlari ensiz, ikki yuzasi butunlay qoplab naqshlangan, uchburchak shaklidagi yuqori qismi panjarali, zigʻiraklar bilan boyitiladi. Mujassamot markazida atrofi feruza koʻzlar halqasi yoki zigʻiraklar bilan oʻralgan rangli shisha yoki gardishga oʻrnatilgan tosh joylashtirilgan, baʼzan eng qad. larida uchburchak uchiga jigʻa oʻrnatish uchun naychasi boʻlgan. Tilla yoki tilla suvi yugurtirilgan kumushdan ishlangan murabba shaklidagi quyi qismi bosma usulida nafis bezatilgan, naqsh mayin va ifodali boʻlib, nursoya jilvasini hosil qiladi. Markaz va toʻrt burchaklarida feruza koʻzlar qadalgan qubbalar oʻrnatilgan. Uchburchak asosidan boshlab yon tomonlari va tagi anʼanaviy shokilalar bilan oʻralgan. Kadimdan himoya qudratiga ega degan tushunchani ifodalovchi Butuntirnoqning asosiy qismi (hayvon va kush tirnoqlari yoki tuyoq va shoxdan kesib olingan qism) shokilalar ostida koʻrinmaydi, baʼzan unga bir tutam soch ham qoʻshilgan. Butuntirnoqning tirnoq shaklidagi kichik xili paydo boʻlganidan beri bosh kiyim, kiyimga tikilgan, beshikka osilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x