BALIMANOV

BALIMANOV Jabay (1893, hoz. Qozogʻiston Respublikasi Oqtoʻba (Aktyubinsk) viloyati Qoraqamish qishlogʻi — 1966.6.8) — mashhur chorvador, Oʻzbekiston qorakoʻlchiligi novatorlaridan biri. 1920-y. dan Qoraqalpogʻistondagi Toʻrtkoʻl oʻrmon xoʻjaligida, 1928-y. dan Tomdi oʻrmon xoʻjaligida ishchi. 1933-y. dan to pensiyaga chiqishiga qadar (1963) hoz. Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi «Oqtov» (hoz. J. Balimanov nomidagi xoʻjalik) jamoa xoʻjaligida bosh choʻpon. Koʻp yillar davomida qoʻzi yetishtirish va qorakoʻl teri topshirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan (1963-y. har 100 bosh sovliqdan 170 qoʻzi olgan). Qorakoʻl qoʻylarni boqish, asrash va parvarish qilish texnologiyasini zootexnika ilmi yutuqlari va toʻplangan tajribalar asosida joriy etgan. Tomdi tumanidagi Oqtov posyolkasida byusti oʻrnatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x