VAQTINCHA SUGʻORISH SHOXOBCHASI

VAQTINCHA SUGʻORISH SHOXOBCHASI — tuproq shoʻrini yuvish, yaxob berish va ekinlarni sugʻorish maqsadida ochiladigan muvaqqat ariq. V. s sh. suvni suv taqsimlagichdan sugʻoriladigan dalagacha yetkazib beradi. U kech kuzda, qishda, erta koʻklamda pol olgich va ariq qazigich mashinalari yordamida ochiladi. Dala nishabi va tuproq sharoitiga qarab, Vaqtincha sugʻorish shoxobchasi turli uzunlikda olinadi, shoʻr yuvilgandan, yaxob … Читать далее

BALIQCHI TUMANI

BALIQCHI TUMANI — Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning shim.gʻarbiy qismida. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Namangan viloyatining Norin tumani va Andijon viloyatining Izboskan, Shahrixon, Oltinkoʻl, Boʻz, Ulugʻnor tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,34 ming km2. Aholisi.41,6 ming kishi (2000). Baliqchi tumanida 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Alimbek, Baliqchi, Boʻston, Guliston, Oxunboboyev, Siza, Xoʻjaobod, Eski Haqqulobod, Oʻrmonbek) bor. … Читать далее

VIZILDOQ QOʻNGʻIZLAR

VIZILDOQ QOʻNGʻIZLAR (Carabidae) — yirtqich qoʻngʻizlar kenja turkumi oilasi. Uz. 12—90 mm, tanasi odatda choʻziq, moʻylovlari koʻpincha ipsimon, oyoklari uzun, yuguruvchan. Ustqanotlari koʻpincha choklar orqali oʻzaro yopishib ketgan, ostqanotlari rivojlanmagan. Rangi aksariyat hollarda qora yoki qoʻngʻir, metallga oʻxshash yaltiroq, iazan chipor. Koʻpchilik turlarida himoya suyuqligi ishlab chiqaradigan anal bezlari boʻladi. Vizildoq qoʻngʻizlar tuproqda va uning … Читать далее

VILT

VILT (ing. to wilt — soʻlish) , oq palak, soʻlish — takomillashmagan zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimlik oʻtkazuvchi naylari kasalliklari (traxeomikozlar). Vertitsillyoz Vilt va fuzarioz Vilt turlari bor. Vertitsillyoz Viltni Verticillium dahliae Klebahn zamburugʻi qoʻzgʻatadi. Ikki pallali oʻsimliklarning qariyb 400 dan ortiq turini zararlaydi. Ayniqsa, Oʻzbekistonda koʻproq gʻoʻza, kamroq kunjut, dagʻal kanop, jut, zigʻir, baqalajon, qalampir, pomidor, … Читать далее

BOYSUNTOGʻ

BOYSUNTOGʻ — Hisor togʻ tizmasining eng uzun jan. gʻarbiy tarmogʻi. Surxondaryo viloyatining asosan Boysun, qisman Sariosiyo tumanlari hududida joylashgan. Shim. sharkdan jan. gʻarbga 150 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi — 4425 m (Xoʻjapiryox togʻi). B. ning ayrim qismlari turli nomda ataladi: (shim. sharqdan jan. gʻarbga) Qushtang (3723 m), Ketmonchopti, Sarimas (1886 m), Suvsiztogʻ (2124 … Читать далее

BOSH SUV OLISH INSHOOTI

BOSH SUV OLISH INSHOOTI — daryodan kanallarga toʻgʻonsiz suv olish joyida quriladigan inshoot. Bosh suv olish inshooti oʻrnini belgilashda asosan daryoning qirgʻoq sharoiti hisobga olinadi (daryo qirgʻogʻining tuproq tarkibi, yemirilish xususiyatlari toshqin vaktida daryo suvining koʻtarilish sathi va b.). Agar daryo qirgʻogʻi suv olish joyida yemirilmaydigan mustahkam boʻlsa, u holda Bosh suv olish inshooti bevosita … Читать далее

BIOINDIKATORLAR

BIOINDIKATORLAR (bio… va lot. indico—koʻrsataman, aniqlayman) — soni yoki rivojlanish xususiyatlarining oʻzgarishi orqali yashash muhitida sodir boʻlayotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen oʻzgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar. Koʻpchilik organizmlar yashash muhiti omillari (tuproq, suv va atmosferaning kimyoviy tarkibi, ikdim va obhavo sharoiti, boshka organizmlarning boʻlishi va b.)ga juda sezgir boʻlib, bu omillar muayyan, koʻpincha cheklangan … Читать далее

BEHI

BEHI (Cudonia oblonga Mill.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. B. ning Ozarbayjon, Dogiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida «avya» shaklida tilga olingan. B. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Ukrainaning jan. hamda Astraxon viloyatida keng tarqalgan. Oʻzbekistondagi Behi zorlarning 80% Fargʻona vodiysida. … Читать далее

BOʻKANTOV

BOʻKANTOV — Markaziy Qizilqumdagi qoldiq togʻlar, gʻarbdan jan. sharqqa yoʻnalgan. Navoiy viloyati hududida. Mutlaq bal. 500 m. B. ga Tuhfabergan, Boʻzdoʻngtov, Boʻkantov yassitogʻligi kiradi. Geologik tuzilishi jihatdan paleozoy erasida hosil boʻlgan qad. burmali yaxlit togʻli oʻlka qoldigʻi. Mezozoyning quyi bosqichidan to yuqori uchlamchi davrga qadar Qizilqum oʻrnida dengiz boʻlgan, oʻsha davrda Boʻkantov orol tarzida koʻtarilib … Читать далее

BUGʻLANISH

BUGʻLANISH, yalpi bugʻlanish, evapotranspiratsiya ( agrometeorologiyada) — tuproq yuzasi hamda oʻsimliklardan bugʻlanadigan nam (transpiratsiya) miqdori yigʻindisi. Bugʻlanish tuproq namligi, uning xususiyati, tuproq nam sigʻimi, toʻshama sirt rangi, havo t-rasi va nisbiy namligi, shamol va 6. omillarga bogʻliq. Bugʻlanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish, sugʻorish vaqti va normalarni aniqlash, qurgʻoqchilikka turlicha chidamli ekinlarni r-nlashtirishda, hosilni … Читать далее