BOYSUNTOGʻ

BOYSUNTOGʻHisor togʻ tizmasining eng uzun jan. gʻarbiy tarmogʻi. Surxondaryo viloyatining asosan Boysun, qisman Sariosiyo tumanlari hududida joylashgan. Shim. sharkdan jan. gʻarbga 150 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi — 4425 m (Xoʻjapiryox togʻi). B. ning ayrim qismlari turli nomda ataladi: (shim. sharqdan jan. gʻarbga) Qushtang (3723 m), Ketmonchopti, Sarimas (1886 m), Suvsiztogʻ (2124 m). Urtacha bal. 2500—3000 m. B. tizmalari Sheroboddaryo bilan Surxondaryoning suvayirgʻichi. Boysuntogʻda 3000 m dan baland dovonlar (Belovti — 3712 m, Gaza — 3018 m) bor. B. gersin va alp orogenezlari davrida burmalangan. Asosan paleozoy erasi granit, granodiorit, gneys, slanes jinslaridan tarkib topgan. Yon bagʻirlari soy oʻzanlari bilan parchalangan, denudatsiya tektonik shakllari kup tarqalgan. Karst hodisasi rivojlangan. Boysuntogʻning jan. sharqiy yon bagʻrilari tik va kambar, shim. gʻarbi esa qiya. Jan. sharqiy yon bagʻrining iklimi ancha yumshoq (3000 m gacha) va sernam. Dengiz sathidan 1200—1500 m balandlikda yezda tra 25°, qishda 0°, 2500—3000 m balandlikda esa yezda 17°, qishda — 6°. 750—1800 m balandlikda minimal tra —17°, 1800—2800 m balandlikda — 17° dan —25° gacha. Oʻrtacha yillik yogʻin mikdori Boysunda 445 mm, 2000 m balandlikda 800 mm. Boysuntogʻdan kup sersuv dare va soylar boshlanadi (Machaydaryo, Qayroqsoy, Xoʻjaipok, Boysunsoy, Shotutsoy, Palgʻar va b.). Boʻz tuproq, qoʻngʻir, qoraqoʻngʻir togʻ oʻrmon, ochqoʻngʻir oʻtloqidasht, ochqoʻngʻir baland togʻ tuproqlarida togʻdasht, archazorsiyrak daraxtli oʻrmon, oʻrmon, oʻtloqdashtyaylov oʻsimliklari oʻsadi. Boysuntogʻ dorivor, efir moyli, mevali daraxtlar, yem-xashak va b. maqsadlarda foydalaniladigan oʻsimliklarga boy. Antropogen taʼsir oqibatida oʻsimlik qoplamlari maydoni qisqarib, turlarning zaxiralari kamaymoqda. Boysuntogʻda yovvoyi hayvonlar ham koʻp. Togʻdan asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Lalmi va sugʻorma dehqonchilik, bogʻdorchilik rivojlangan. Boysuntogʻda tuproq eroziyasi, yaylov degressiyasi, togʻ landshaftlari degradatsiyasi (yemirilishi), tabiiy ofat hodisalari (sel, oʻpirilish, koʻchki), sodir boʻlishi keng tarqalgan. Boysuntogʻda 60 mln. yil ilgari yashab oʻtgan dinozavr izlari topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x