BUGʻLANISH

BUGʻLANISH, yalpi bugʻlanish, evapotranspiratsiya ( agrometeorologiyada) — tuproq yuzasi hamda oʻsimliklardan bugʻlanadigan nam (transpiratsiya) miqdori yigʻindisi. Bugʻlanish tuproq namligi, uning xususiyati, tuproq nam sigʻimi, toʻshama sirt rangi, havo t-rasi va nisbiy namligi, shamol va 6. omillarga bogʻliq. Bugʻlanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish, sugʻorish vaqti va normalarni aniqlash, qurgʻoqchilikka turlicha chidamli ekinlarni r-nlashtirishda, hosilni prognozlash va b. da foydalaniladi. Oʻrta Osiyoning dehqonchilik mintaqalarida Bugʻlanish hisobiga tuprokdan yoʻqotiladigan namlik (bugʻlanuvchanlik) bir yilda 1200—2000 mm va undan koʻproqni tashkil etadi. Bu esa yillik yogʻin miqdoriga nisbatan 10—15-marta, vegetatsiya davridagi yogʻinlarga nisbatan esa deyarli 40—50-marta koʻpdir. Natijada ekinlarni sunʼiy sugʻorishga toʻgʻri keladi. Sugʻorish normasi gidromorf tuproqlarda 3—4 ming m3/ga, avtomorf tuproqlarda esa 6—7 ming m3/ ga. Namlik sarfini kamaytirish uchun tuproqni yumshatish, almashlab ekishni toʻgʻri tashkil etish, organik oʻgʻitlarni ishlatish, tuproq strukturasini yaxshilaydigan sunʼiy moddalar solish va b. tadbirlar qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x