BIOGEOKIMYO

BIOGEOKIMYO — tirik organizmlar ishtirokida Yer biosferasida kimyoviy elementlarning aylanishini oʻrganadigan fan. B. tushunchasini fanga rus olimi V. I. Vernadskiy kiritgan. U tirik moddaning planeta miqyosida sodir boʻladigan geokimyoviy jarayonlardagi ahamiyatini koʻrsatib bergan. Biogeokimyoning zamonaviy muammolari biogen elementlar geokimyoviy siklining miqdoriy modelini kashf etish, tirik organizmlarda elementlarning migratsiyasi va toʻplanishi qonuniyatlarini ochib berish, Yer yuzini … Читать далее

BALANOFORALAR

BALANOFORALAR (Balanophorales) – ikki pallali oʻsimliklar tartibi, oʻsimliklar ildizida parazitlik qiladigan etdor oʻtlar. Gullari mayda, bir jinsli yoki poligam, toʻshulda joylashgan. Urugʻi endospermli. Mevasi yongʻoqsimon yoki danaksimon. 2 oplaga boʻlinadi. Sinomorsimonlar (Cynomoriaceae) oilasi bitta turkum va 2 turni oʻz ichiga oladi, shu jumladan jungor sinomori (Cynomorium songaricum) Markaziy Osiyoda tarqalgan. Balanoforadoshlar (Balanophoraceae) oilasiga 18 turkum, … Читать далее

BUGʻDOY

BUGʻDOY (Triticum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad. va hoz. dunyoning koʻpgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga koʻra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq Bugʻdoy yoki oddiy Bugʻdoy (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq … Читать далее

BUYUK XITOY DEVORI

BUYUK XITOY DEVORI (xitoycha «Vanli chongchang» — «10 ming li uzunliqdagi devor») , Saddi Chiniy — Shim. Xitoydagi qalʼa devori. Qad. Xitoy meʼmorligining ulkan yodgorligi. Qalʼa devori sifatida dastlabki kismi mil. av. 4—3-a. larda (tosh va gʻishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan toʻddirib, shibbalab) qurilgan. Mil. av. 2 — 1-a. larda Gʻarbga tomon 500 km ga … Читать далее