BOʻKANTOV

BOʻKANTOV — Markaziy Qizilqumdagi qoldiq togʻlar, gʻarbdan jan. sharqqa yoʻnalgan. Navoiy viloyati hududida. Mutlaq bal. 500 m. B. ga Tuhfabergan, Boʻzdoʻngtov, Boʻkantov yassitogʻligi kiradi. Geologik tuzilishi jihatdan paleozoy erasida hosil boʻlgan qad. burmali yaxlit togʻli oʻlka qoldigʻi. Mezozoyning quyi bosqichidan to yuqori uchlamchi davrga qadar Qizilqum oʻrnida dengiz boʻlgan, oʻsha davrda Boʻkantov orol tarzida koʻtarilib turgan, keyinchalik usti tekislanib ketgan. Boʻkantovning jan. yon bagʻri tik va qisqa shim. yon bagʻri esa qiya hamda keng. Yon bagʻirlarida quruq soy koʻp. Boʻkantovning iqlimi quruq va keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 28—30°, dek. —yanv. ning minimum t-rasi —30°, yillik yogʻin miqdori 100—200 mm. Boʻkantovda doimiy oqar suvlar yoʻq. Suv buloq va quduqlardan olinadi. Boʻzqoʻngʻir tuproq koʻp uchraydi, shuvoq, boyalich, chitir, betaga oʻsadi; toshbaqa, kaltakesak, echkemar, yumronqoziq, charx ilon yashaydi. Boʻkantov yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari boqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x