MIKORIZA

MIKORIZA (yun. mykes va rhiza — ildiz) , zamburugʻildiz — zamburugʻ mitseliysining yuksak oʻsimliklar ildizi bilan oʻzaro simbiozi (birgaliqda yashashi). Ektotrof (tashqi) va endotrof (ichki) Mikoriza bor. Ektotrof Mikorizada zamburugʻ yosh ildizlarning ustki toʻqimasi uchlariga oʻralib, poʻstloqning tashqi qatlamlaridagi hujayra oralariga kiradi. Endotrof Mikorizada mitseliy hujayralar ichiga kiradi. Ektotrof Mikoriza koʻpchilik daraxtlar (eman, archa, qayin), … Читать далее

MATERIYA

MATERIYA (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda «umuman odam» boʻlmaganidek «umuman Materiya» ham boʻlmaydi, balki Materiyaning anik, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun Materiya tushunchasini qoʻllashgan. Materiya tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu b-n … Читать далее

MIKROORGANIZMLAR

MIKROORGANIZMLAR — asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. Mikroorganizmlarga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, mogʻor zamburugʻlari, mikroskopik suvoʻtlar va b. kiradi. Mikroorganizmlar prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yoʻq organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki koʻp hujayrali organizmlar)ga boʻlinadi. Mikroorganizmlar tabiat (tuproq, suv, oʻsimlik qoldiqlari va b.)da keng … Читать далее

MULCHALASH

MULCHALASH (ing. mulch — qoplash) — tuproq betini kalin mulchaqogʻoz yoki havol (poxol, torf, chirindi, goʻng va b.) materiallar bilan yoppasiga yoki qator oralatib yopish. Mulchalash oʻsimlikning oʻsishi sharoitiga ijobiy taʼsir etadi; yer betidan namning bugʻlanishini kamaytiradi, sutka davomida haroratning oʻzgarish amplitudasi muqobil boʻlishini taʼminlaydi, yer betini suv yuvib ketishi va shamol uchirib ketishidan himoya … Читать далее

MELIORATIV RAYONLASHTIRISH

MELIORATIV RAYONLASHTIRISH — yer va suv resurslaridan unumli foydalanish maqsadida melioratsiya obyekti (hududi — vodiy, voha, xoʻjalik)ni iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoitlarga koʻra, region, oblast, zona, r-n va kichik r-nlarga boʻlish. M. r. tabiiy sharoitlarning xususiyatlari va xoʻjalik yuritish ahvolining aks taʼsirini nazarda tutgan holda yerlarning meliorativ holati koʻrsatkichlarini atroflicha oʻrganishga asoslanadi. Keyingi 20—35 y. … Читать далее

PROMETRIN

PROMETRIN, selektin, pro-gellan, gezagard 50 (CI6HI9N5S) — tanlab taʼsir etuvchi gerbitsid, 50%li hoʻllanuvchi kukun. Bir yillik gʻallasimon va ikki pallali begona oʻtlarni yoʻqotishda qoʻllaniladi. Taʼsiri, ayniqsa, yetarli namlik va yuqori haroratda 3 oygacha davom etadi. Preparatni OVX-14 traktor agregati yordamida bahorgi boronalashdan oldin yoki urugʻlik ekilgandan soʻng, urugʻ unib chiqqunga qadar, shuningdek, ekish bilan barobar … Читать далее

POPULYATSIYA

POPULYATSIYA (lot. populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va ma-konda bir-biriga oʻzaro taʼsir kursa-tadigan organizmlar guruhi. Populyatsiya dagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va b. asosini tashkil qiladi. «Populyatsiya» terminini daniyalik genetik V. … Читать далее

MAKKAJOʻXORI

MAKKAJOʻXORI (Zea mays L.) – bo-shokdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turi, don va yem-xashak ekini. M. Yer sharidagi yovvoyi holda oʻsmaydigan eng qad. ekinlardan biri. Vatani—Markaziy va Jan. Amerika. Dastlab Meksika hududida qad. mayya va astek qabilalari tomonidan mil. dan 5200 yil avval dehqonchilikdaekilgan. Yevropaga 15-a. oxirida keltirilgan. Makkajoʻxori ekiladigan xududlar shim. kenglikning … Читать далее

PAXTACHILIK INSTITUTI

PAXTACHILIK INSTITUTI, Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti, OʻzPITI — paxtachilik sohasidagi eng yirik ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida. 1929-y. da Bu-tunittifoq paxtachilik il. in-ti (SoyuzNIXI) nomi bilan tashkil etilgan. 1983—92 y. larda «Soyuzxlopok» IIB, 1992-y. dan hoz. nomda. Toshkent viloya-ti Qibray tumani Oqqovoq qishlogʻida joylashgan. … Читать далее

PARKENT KANALI

PARKENT KANALI — Toshkent viloyatida kuril gan yirik gidrotexnika inshooti. Kanal viloyatning Boʻstonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq va Ohangaron tumanlari togʻ oddi yonbagʻiri hududidan oʻtgan. Chirchiq daryosida qurilgan Chirchiq GES kaskadi (Gʻazalkent gidro-uzeli) inshootidan suv….. oladi. Kanal n ing 1-navba-ti (69 km) 1975-1983-y. larda, 2-navbati (14,3 km) 1988—1997-y. larda qurilgan. Uning loyiha uz. 96 km, foydalanishga … Читать далее