BIOINDIKATORLAR

BIOINDIKATORLAR (bio… va lot. indico—koʻrsataman, aniqlayman) — soni yoki rivojlanish xususiyatlarining oʻzgarishi orqali yashash muhitida sodir boʻlayotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen oʻzgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar. Koʻpchilik organizmlar yashash muhiti omillari (tuproq, suv va atmosferaning kimyoviy tarkibi, ikdim va obhavo sharoiti, boshka organizmlarning boʻlishi va b.)ga juda sezgir boʻlib, bu omillar muayyan, koʻpincha cheklangan chegarada oʻzgargandagina hayot kechira oladi. Maye, dengizda baliqchi qushlarning toʻplanishi baliqlar toʻdasi kelayotganligini koʻrsatadi. Maxsus plankton va bentos organizmlari esa suv massasi va oqimining paydo boʻlishi yokisuvhavzasiningshoʻrlanganlik darajasi, harorati va b. xususiyatlarining koʻrsatkichi hisoblanadi. Lishayniklar va ayrim ninabarglilar atmosfera havosi, buloqchilar va bahorikorlar lichinkalari suv havzalari tozaligining Bioindikatorlar hisoblanadi. Tuprokda yashaydigan bir qancha mikroorganizmlar va oʻsimliklardan foydali qazilma boyliklarni qidirib topishda Bioindikatorlar sifatida foydalaniladi. Tuproq hayvonlari kompleksiga binoan tuproq tiplari va ularni odamning xoʻjalik faoliyati taʼsirida oʻzgarishini aniklash mumkin. Bioindikatorlar yordamida substratda vitaminlar, antibiotiklar, gormonlar va b. biologik faol moddalar boʻlishini, har xil kimyoviy moddalar (rN, tuzlar tarkibi va b.) hamda fizik omillar (radioaktivlik va b.) intensivligini baholash, shuningdek uzok, tarixiy jarayonlarni taʼriflab berish mumkin. Maye, Qizilqum quduqlarida chigʻanoqli bir xujayralilarning topilishi hoz. qumlik choʻl oʻrnida qadimda dengiz boʻlganligidan darak beradi. Tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini nazorat qilib borish (monitoring) B. dan foydalanishning eng muhim tomonlaridan biri hisoblanadi. Maye, suvlar florasi va faunasi tarkibi, ulardagi ayrim turlarning miqdoriy koʻrsatkichlariga binoan suvlarning ifloslanish darajasi va xususiyatlari, ularni ichishga yoki xoʻjalik maqsadlarida foydalanishga yarokligi hamda tozalash inshootlarining samaradorligiga baho berish mumkin. Kosmonavtikada Bioindikatorlar yordamida kosmik fazoda tirik organizmning normal hayot kechirishiga yordam beradigan sistemalar sinab koʻriladi. Mac, 1966-y. «Kosmos 110»da itlarni uchirish orqali kosmos da uzoq uchish paytida organizmda sodir boʻladigan oʻzgarishlar va kosmik kema biologik sistemasi tekshirib koʻriddi. Bioindikatorlar orqali olingan maʼlumotlar kosmik uchish apparatlaridagi avtomatik sistemalarni insonning hayoti uchun qulayligini aniklash va xavfli vaziyat paydo boʻlganida tegishli tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x