YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

YAKKABOGʻ TUMANI

YAKKABOGʻ TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Yakkabogʻ tumani turli yillarda Shahrisabz, Chiroqchi, Qamashi tumanlariga qoʻshilgan. Keyin yana ajratilgan. Shim. dan Chiroqchi, Shahrisabz, sharq, gʻarb va jan. dan Qamashi tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 1,3 ming km2. Aholisi 190 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Yakkabogʻ), 1 shaharcha (Eski Yakkabogʻ), 9 qishloq … Читать далее

YUNUSOBOD OKTEPASI

YUNUSOBOD OKTEPASI — oʻrta asrlar arxeologiya yodgorligi (5—13-asrlar). Toshkentning shim. sharqiy qismida, Oqtepa kanali boʻyida joylashgan. 1886 yil V. P. Nalivkin qayd qilgan. 1940 — 41 yillarda A. I. Terenojkin qazishlar olib borgan. 1975-yil va 1977—85 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. S. Mershchiyev, M. I. Filanovich) tomonidan oʻrganilgan. Yunusobod Oktepasi — jan. tomoni baland va … Читать далее

YOMGʻIRLATIB SUGʻORISH

YOMGʻIRLATIB SUGʻORISH — q. x. ekinlariga suvni yomgʻir shaklida berish usuli; sunʼiy yomgʻir hosil qilishda koʻchma yoki koʻchmas yomgʻirlatish mashinalari va qurilmalari ishlatiladi. Yomgʻirlatib sugʻorish boʻyicha tadqiqotlar bir necha mamlakatlarda 19a. da oʻtkazilgan, 20a. boshlaridan i. ch. da qoʻllanila boshladi. Koʻpgina chet mamlakatlarda (AQSH, Italiya, Germaniya, Vengriya, Bolgariya., Chexiya va b.) Yo. s. keng miqyosda … Читать далее

YERNING SUV BALANSI

YERNING SUV BALANSI — muayyan vaqt ichida Yer yuzasiga yogʻin koʻrinishida tushadigan suv mikdori bilan quruqlik va Dunyo okean i yuzasidan bugʻlanadigan suv mikdorining nisbati. Yaʼni Yerda suv aylanishining sonli ifodasi. U suv balansi tenglamalari koʻrinishida aks ettiriladi. Bunda suv kirim va chiqimining suyuq, bugʻli va qattiq (muz) holatidagi barcha shakllari tavsiflanadi. Gidrosferadagi 1,4—109 km3 … Читать далее

YER KADASTRI KITOBI

YER KADASTRI KITOBI — yerga egalik qiluvchilarning asosiy yer hisobi hujjati. Yer kadastri kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan shakl (forma)da yerga egalik qiluvchi tashkilot, korxona, muassasa, uyushma, kichik korxona, qoʻshma korxona, dehqon va fermer xoʻjaliklariga tuman yoki shahar hokimligi tomonidan beriladi. Yer kadastri kitobi yerga egalik qiluvchilar yoki yerdan foydalanuvchilarga muddatsiz, uzoq muddat yoki … Читать далее

DAFN MAROSIMI

DAFN MAROSIMI — marhumni koʻmish bilan bogʻliq boʻlgan marosim va urfodatlar. Dafn marosimi insoniyat paydo boʻlganidan buyen geografik muhit, ijtimoiy hayot va kishilarning imkoniyatlari, shuningdek, tabiiy-ilmiy tasavvurlariga va dunyoqarashiga bogʻliq holda oʻzgarib borgan. Bundan 40—18 ming yil oldingi paleolit davridayoq Dafn marosimi oshkora liniy tuye olgan. Keyinchalik Dafn marosimi har bir dinning tarkibiy qismi hisoblangan … Читать далее

DARYO SUVCHANLIGI

DARYO SUVCHANLIGI — daryoda muayyan vaqt (dekada, oy, mavsum, yil, bir necha yil) davomida oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlar (norma)ga nisbatan oqib oʻtgan suv mikdori. Daryo suvchanligi absolyut (m3/s, l/s, km3/yil) yoki nisbiy (normaga nisbatan % yoki modul koeffitsiyenta) birliklarda ifodalanadi. Daryo suvchanligi haqida maʼlumot q. x. ni suv bilan taʼminlash sistemasidagi eng muhim elementdir (q. … Читать далее

GʻISHT

GʻISHT — qurilish materiali; toʻgʻri burchakli parallelepiped koʻrinishidagi sunʼiy tosh. Tabiiy va sunʼiy (mineral) materiallardan tayyorlanadi. Xom va pishiq turlarga boʻlinadi. Xom Gʻisht tabiiy sharoitda quritiladi. Pishiq Gʻishtni tayyorlashning «hoʻl» va «yarim quruq» usullari bor. Oddiy pishiq Gʻishtni «hoʻl» usulda tayyorlash uchun sogʻtuproqdan loy tayyorlanadi, yaxshilab pishitiladi, qoliplanadi, quritiladi va xumdonda pishiriladi. «Yarim quruq» usulga … Читать далее

VITEBSK VILOYATI

VITEBSK VILOYATI — Belorussiyaning shim.-sharqidagi viloyat. 1938 i. 15 yanv. da tuzilgan. Vitebsk viloyatida 19 shahar va 26 shaharcha bor. Mayd. 40,1 ming km2. Aholisi 1434,7 ming kishi (1999), asosan beloruslar, shuningdek rus, ukrain, polyak, yahudiy va b. ham yashaydi Markazi — Vitebsk sh. Yer yuzasi asosan tekislik, qator tepalar va ular orasida botqoklashgan pastliklar … Читать далее