YAMAN

YAMAN, Yaman Respublikasi (AlJumhuriya al-Yamaniya) — Arabiston ya. o. ning jan. qismidagi davlat. Mayt. 528 ming km2. Aholisi 19,3 mln. kishi (2002). Poytaxti — Sano shahri Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (muhofaza)ga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Yaman — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil 15 — 16-mayda qabul qilingan; 1994 va 2001-yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident … Читать далее

DEVOR

DEVOR — 1) bino, uyning tomini koʻtarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik qismi. Bino va uylarda yuk tushuvchi (yaʼni tomni koʻtarib turuvchi) Devor va pardevor (yaʼni faqat xonalarni ajratib va toʻsib turuvchi)ga; ichki va tashqi Devor larga boʻlinadi. Devor pishitilgan loydan (paxsa D.), pishiq gʻisht va xom gʻishtdan (gʻishtin Devor), tosh, shlak-beton va temirbetondan (tosh … Читать далее

GʻOZGʻONMARMAR AKSIYADORLIK JAMIYATI

«GʻOZGʻONMARMAR» AKSIYADORLIK JAMIYATI — tabiiy tosh (marmar)dan qurilishda ishlatiladigan qoplama-pardozlash plitalari ishlab chiqaradigan yirik korxona. «Oʻzqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Navoiy viloyati Nurota tumani Gʻozgʻon shaharchasida joylashgan. 1969-y. da tashkil topgan. Respublikadagi eng katta marmar konlaridan biri boʻlgan Gʻozgon marmar koni negizida ishlaydi. Korxonaning yillik marmar plitalari i. ch. quvvati 60 ming m2. 2000-y. dan … Читать далее

GʻOZGʻON MARMAR KONI

GʻOZGʻON MARMAR KONI — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi noyob dekorativ xususiyatli marmar olinadigan kon. Navoiy sh. dan 65 km shim. da, Nurota tizmasining gʻarbiy chekkasidagi Gʻozgʻontogʻ tizmasida joylashgan. Kon 1935—75 y. lar mobaynida oʻrganilib, 1970-y. dan boshlab sanoat miqyosida foydalanilmoqda. Gʻozgʻontov togʻlari uz. 40 km, eni 1—6 km gacha boʻlgan, shim. garbiy yoʻnalishda choʻzilgan kichik … Читать далее

GʻISHTBAND

GʻISHTBAND — 12-a. gidrotexnika inshooti — suv omborining tosh toʻgʻoni qoldigʻi. Samarqand viloyati Kat-taqoʻrgʻon tumanidagi Jom qishlogʻi yaqinidan topib tekshirilgan. Bu in-shoot aholi oʻrtasida Gʻishtband (gʻishtdan qurilgan toʻgʻon) nomi bilan yuritilib, Zarafshon togʻ tizmalarining gʻarbiy etaklaridan oqib tushadigan Omondarasoyda qurilgan. U yoʻnilgan togʻ toshlari va suvga chidamli maxsus qurilish qorishmasi bilan ishlangan. Inshoot soyning engtor … Читать далее

GʻISHT

GʻISHT — qurilish materiali; toʻgʻri burchakli parallelepiped koʻrinishidagi sunʼiy tosh. Tabiiy va sunʼiy (mineral) materiallardan tayyorlanadi. Xom va pishiq turlarga boʻlinadi. Xom Gʻisht tabiiy sharoitda quritiladi. Pishiq Gʻishtni tayyorlashning «hoʻl» va «yarim quruq» usullari bor. Oddiy pishiq Gʻishtni «hoʻl» usulda tayyorlash uchun sogʻtuproqdan loy tayyorlanadi, yaxshilab pishitiladi, qoliplanadi, quritiladi va xumdonda pishiriladi. «Yarim quruq» usulga … Читать далее

BARGUZIN QOʻRIQXONASI

BARGUZIN QOʻRIQXONASI — RF. ning Buryatiya Respublikasidagi biosfera qoʻriqxonasi. Barguzin tizmasining gʻarbiy yon bagʻrida. Barguzin qoʻriqxonasi Baykal koʻlining shim.-sharqiy sohili va koʻl suvining bir qismini oʻz ichiga oladi. Mayd. 374,3 ming ga, koʻl akvatoriyasi mayd. 150 ming ga. Barguzin soboli (kish) ni qoʻriqlash va sonini koʻpaytirish uchun 1916-y. tashkil etilgan. Barguzin soboli, maral (Sibir bugʻusi), … Читать далее

BANDIXON

BANDIXON — qishloq. Surxondaryo viloyati Bandixon tumani markazi. Tuman hududining jan.-gʻarbida. Yaqin t. y. stansiyasi — Qumqoʻrgʻondan 30 km, Termizdan 100 km shim. da. Qishloq yaqinidan Oqqopchigʻay arigʻi oʻtgan. Aholi uchun ichimlik suvi magistral quvur orqali Xoʻjaipok daryosidan keltiriladi. Aholisi asosan q. x. bilan shugʻullanadi. Bandixonda tarixiy-arxeologik yodgorliklar — Bandixontepa I, II, Kindiktepa, Gʻozimullatepa, Yalangtoʻshtepa … Читать далее

BUXORO ARKI

BUXORO ARKI — Buxorodagi qad. shaharsozlik yodgorligi. Dastlab mil. av. 1-a. da qurilgan. Shaharning qad. qalʼasi. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — buxorxudotlar yashagan. Somoiiylar davrida (9 — 10-a. lar) qayta qurilib devor va burjlar b-n mustahkamlangan. Krraxoniylar davrida (11—12-a. lar) va moʻgʻullar bosqinchiligi vaqtida (13-a.) ark bir necha bor vayron qilingan. Hoz. qiyofasi … Читать далее

BUTUNTIRNOQ

BUTUNTIRNOQ — Xorazm ayollarining ziynat buyumi, chakkaga taqiladigan taqinchogʻi, tumor. Asosini 5 burchakli yirik shakldagi gʻilofdon tashkil etadi. Yon tomonlari ensiz, ikki yuzasi butunlay qoplab naqshlangan, uchburchak shaklidagi yuqori qismi panjarali, zigʻiraklar bilan boyitiladi. Mujassamot markazida atrofi feruza koʻzlar halqasi yoki zigʻiraklar bilan oʻralgan rangli shisha yoki gardishga oʻrnatilgan tosh joylashtirilgan, baʼzan eng qad. larida … Читать далее