YANSHAO MADANIYATI

YANSHAO MADANIYATI — Shim. Xitoydagi arxeologik madaniyat (mil. av. 4—3-ming yillik). Xenan, Shansi, Shensi viloyatlari, shuningdek, Xuanxe daryosining oʻrta oqimi boʻylarida tarqalgan. 1921 yil shved arxeologi Yu. G. Anderson tomonidan Yanshao qishlogʻi (Xenan)dan chiqqan topilmalarga koʻra, shunday atalgan. Yanshao manzilgoxlari daryo terrasalarida joylashgan; markazda — jamoa binosi, atrofida — kvadrat va dumaloq shaklda devori boʻlgan, … Читать далее

YOFAS

YOFAS, Abu Turk (gʻarb manbalarida Iafet, Yafet) — qad. diniy aqidalarga koʻra, (Nuhas)npnt 3 farzandidan biri (Som, Hom bilan birga). Toʻfondan soʻng omon qolgan (Nuhas) oʻgʻillariga Yer yuzini boʻlib bergan. Jumladan, Yofas «otasining hukmi birlan… Atil (Itil) va Yoyiq suvining yoqosigʻa bordi. Ikki yuz ellik yil anda turdi. Taqi vafot tobdi. Sakkiz oʻgʻli bor edi … Читать далее

YASSAVIY MAJMUASI

YASSAVIY MAJMUASI, Xoja Ahmad Yassaviy meʼmoriy majmuasi — Turkiston (qad. Yassi) shahridagi meʼmoriy yodgorlik (1389—95); Qozogʻiston hududida. Dastlab Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustida kichik maqbara qurilgan (12-asr). Keyin Amir Temur tomonidan ulkan mahobatli maqbara majmui bunyod etilgan, bino loyihasini ishlab chiqishda uning oʻzi shaxsan ishtirok etgan. Qurilishga devonning xayriya ishlari boshligʻi Mavlono Ubaydulla Sadr bosh … Читать далее

YARA KASALLIGI

YARA KASALLIGI, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi — meʼda yoki oʻn ikki barmoq ichakda yara hosil boʻlishidan iborat kasallik. Koʻpincha 25—50 yashar erkaklarda, baʼzan ayollarda ham uchraydi. Kasallikning kelib chiqishiga kuchli hayajonlanish, qaygʻurish, qiyin hazm boʻladigan, yogʻli, achchiqshoʻr, oʻta issiq yoki sovuq taomlar isteʼmol qilish, tartibsiz ovqatlanish, chekish, spirtli ichimliklar ichish va boshqalar … Читать далее

YER REKULTIVATSIYASI

YER REKULTIVATSIYASI, landshaft rekultivatsiyasi (lot. re — qaytarish, tiklash maʼnosini beradigan old qoʻshimcha; cultivo — ishlov beraman, yetishtiraman) — foydali qazilmalarni qazib olish, suv inshootlari qurish, shaharlar qurilishi va b. sabablarga kura foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan yerlarni qayta tiklash, atrof muhit sharoitlarini, ekologik holatlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui. Yer rekultivatsiyasi asosiy vazifasi tuproqning buzilgan unumdor … Читать далее

YEREVAN

YEREVAN (1936-y. gacha Erivan) — Armaniston Respublikasi poytaxti. Armanistonning maʼmuriy, madaniy va ilmiy markazi. Ararat tekisligining shim. chekkasida, Razdan daryosi (Arakening chap irmogʻi) boʻyida. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq va issiq, qishi qisqa, sovuq. Avg. ning oʻrtacha t-rasi 24,8°, yanv. niki —4,2°. Yiliga 320—350 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 1249 ming kishi (1995). Arxeologik qazishlarda topilgan … Читать далее

YOʻL MASHINALARI

YOʻL MASHINALARI — yoʻl qurilish ishlarish ishlatiladigan mashinalar. Yoʻl mashinalarining oʻziyurar, oʻrnatma va tirkama (avtomobil, traktor va tyagachlarga tirkaladigan); tayyorlov ishlarida ishlatiladigan (daraxt qulatkich, tosh yigʻgich, yumshatkichlar) va tuproq ishlarida ishlatiladigan (buldozer, greyder, greyder-elevator, ekskavator, ariq qazigich, yoʻl gʻaltagi, titrama zichlagich, zichlagichlar) xillari bor. Gruntni qatlam-qatlam qilib zichlashda oʻzi agʻdargichlar, skreper va b. bilan keltirilgan … Читать далее

YASOVULBOSHI

YASOVULBOSHI — Turkiston xonliklarida saroy mansablaridan biri. Mas, Xiva xonligida Yasovulboshining qoʻlida mirshabxona, qamoqxonalar, shuningdek, xonni qoʻriqlash ishlari boʻlgan. Maxfiy farmonlar ham Yasovulboshi orqali oʻtgan. Yasovulboshi koʻchmanchilardan tuzilgan askariy qismlarga qoʻmondonlik qilgan. Yasovulboshi xonning farmoniga muvofiq askarni vaqtida urushga boshlab borishgan. Har bir Yasovulboshining bir necha yordamchisi boʻlib, ular yasovumlar deb atalgan. Arznomani tekshirish uchun … Читать далее

YUNUSOBOD OKTEPASI

YUNUSOBOD OKTEPASI — oʻrta asrlar arxeologiya yodgorligi (5—13-asrlar). Toshkentning shim. sharqiy qismida, Oqtepa kanali boʻyida joylashgan. 1886 yil V. P. Nalivkin qayd qilgan. 1940 — 41 yillarda A. I. Terenojkin qazishlar olib borgan. 1975-yil va 1977—85 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. S. Mershchiyev, M. I. Filanovich) tomonidan oʻrganilgan. Yunusobod Oktepasi — jan. tomoni baland va … Читать далее

YORILTOSH

«YORILTOSH» — oʻzbek xalq ertagi. Mavzui keng tarqalgan. Xorazmda «Oltin beshik», Toshkent, Buxoro, Samarkand, Fargʻonada «Yoriltosh», «Ochil, ochil qamishlar» nomi bilan mashhur. Mazkur variantlarning mavzu va gʻoyasi mushtarak, ayrim epizodlaridagina farq bor. Haqiqat va ezgulikning yomonlik ustidan tantanasi «Yoriltosh»ning gʻoyaviy mazmunini tashkil etadi. Ertak qahramonlari sehrjodu taʼsirida boʻladilar. Singilning tosh va kiyikka aylanishi, ayolning suv … Читать далее