DEVOR

DEVOR — 1) bino, uyning tomini koʻtarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik qismi. Bino va uylarda yuk tushuvchi (yaʼni tomni koʻtarib turuvchi) Devor va pardevor (yaʼni faqat xonalarni ajratib va toʻsib turuvchi)ga; ichki va tashqi Devor larga boʻlinadi. Devor pishitilgan loydan (paxsa D.), pishiq gʻisht va xom gʻishtdan (gʻishtin Devor), tosh, shlak-beton va temirbetondan (tosh D.) qilinishi, pardevor yaxlit gips plitalardan ham koʻtarilishi mumkin. Gʻishtin Devor yarim, bir, bir yarim, ikki gʻishtli qilib teriladi. Devorning qalin va yupqa, yigʻma va yaxlit, terilgan va urilgan xillari boʻladi. Har qanday Devor tashqari va ichkaridan har xil usulda (somon suvoq, sement suvoq, alebastr, ganch suvoq va b.) suvab qoʻyiladi. Devor koʻzli (deraza va eshik oʻrinlari tashlab ketilgan) va koʻzsiz (yaxlit) boʻladi;

2) biror narsa (mas, oshqozon, dvigatel)ning atrofini oʻrab olgan yoki boʻlimlarga ajratgan qismi (mas, oshqozon devori, silindr devori);

3) biror yerni (mas, hrvlini), hududni oʻrab olgan yoki qismlarga ajratib turgan gʻov, toʻsiq; paxsa, shox-shabba, taxta, temir-beton, gʻishtdan qilinishi mumkin;

4) qalʼa, qoʻrgʻon va shaqar (hatto biror davlat) ni urab, dushman hujumidan mudofaa qilish uchun quriladigan inshoot. Mas, 15-a. da Toshkent bir necha darvozali keng paxsa Devor bilan oʻralgan. 19-a. oʻrtalarida Toshkent beklarbegisi taʼmirlattirgan Devorning 12 darvozasi va 2 qofqasi (oʻrtacha eshigi) boʻlgan. Mil. av. 4—3 – a. larda Xitoyda mudofaa devori bunyod etilgan (q. Buyuk Xitoy devori).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x