BANDIXON

BANDIXONqishloq. Surxondaryo viloyati Bandixon tumani markazi. Tuman hududining jan.-gʻarbida. Yaqin t. y. stansiyasi — Qumqoʻrgʻondan 30 km, Termizdan 100 km shim. da. Qishloq yaqinidan Oqqopchigʻay arigʻi oʻtgan. Aholi uchun ichimlik suvi magistral quvur orqali Xoʻjaipok daryosidan keltiriladi. Aholisi asosan q. x. bilan shugʻullanadi.

Bandixonda tarixiy-arxeologik yodgorliklar — Bandixontepa I, II, Kindiktepa, Gʻozimullatepa, Yalangtoʻshtepa va yana bir nomsiz tepa hamda Xonbandi toʻgʻoni qoldiqlaridan iborat majmua mavjud. Bular mukammal oʻrganilmagan. Bandixontepa I shahar xarobasi boʻlib, mayd. 1,5 ga; topilgan tosh uy qoldiqlari, sopol idish boʻlaklari mil. av. 2ming yillik oxiri va 1 – ming yillik boshiga oid. Bandixontepa II shahar xarobasining mayd. 10 — 12 ga; undan topilgan paxsa devor qoldigʻi, jom, xum va qadahlar mil. av. 650 — 450-y. larga mansub. Kindiktepa (mayd. 140 x 30 m) va Fozimullatepa (mayd. 50 x 25 m)dan topilgan moddiy madaniyat yodgorliklari axomaniylar davri (mil. av. 558 — 330)ga toʻgʻri keladi. Yalangtoʻshtepa shahar xarobasi (mayd. 10 ga)dan topilgan terrakota gʻaykalcha va idish-tovoq boʻlaklari antik davr va ilk oʻrta asrlarga oid. Nomsiz tepa oʻrnida qandaydir mudofaa inshooti boʻlgan, deb taxmin qilinadi. Xonbandi toʻgʻoni 16 — 17 – alarda pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, eni 30 — 35 m keladi. Bandixon yodgorliklari Oʻzbekistonning meʼmorlik, hunarmandchilik va dehqonchilik madaniyati tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x