VIDSUK

VIDSUK (lot. via — yoʻl va duco — oʻtka-zaman) — yoʻllar chukur jarlik, suvsiz dara, botqoqlik va b. bilan tutashadigan joylarga kuriladigan baland va uzun koʻpriksimon inshoot. Vidsuk metall, tosh, beton va temir-betondan ishlanadi; odatda, koʻp qulochli va shunga yarasha koʻp tayanchli boʻladi; ravoqsimon va toʻgʻri toʻrtburchak shaklda toʻsinli qilib quriladi. Jarlik, dara, botqoqliklarni tuproq … Читать далее

GILMOYA

GILMOYA — gil turlaridan biri. Montmorillonitdan iborat. Oʻzbekistonda Gilmoyani gilvata, togʻ yogʻi, koʻk shiram, soz kesak, toshsovun ham deyishadi. Gilmoya asosan dengiz va okean tublarida vulkan kullari va gillarning ishqorli muhitda fizik va kimyoviy oʻzgarishidan hosil boʻladi. Rangi oq, yashil, kulrang, qoʻngʻir va h. k. Sovunga oʻxshash, yumshoq, issiqda tez qurib, toshga aylanadi. Suvda hajmi … Читать далее

GIDROTEXNIKA BETONI

GIDROTEXNIKA BETONI — suvga chidamli ogʻir beton; doimo yoki vaqtvaqti bilan suvda yoki suvli muhitda boʻladigan inshootlarni qurishda ishlatiladi. Gidrotexnika betoni suv oʻtkazmasligi, siqilish va kengayishga chidamliligi bilan boshqa tur betonlardan ajralib turadi. Gidrotexnika betoni tayyorlash uchun portlandsement va uning turlaridan foydalaniladi. Toʻldiruvchi sifatida qum, shagal va mayda tosh ishlatiladi. Gidrotexnika betoniga har xil qoʻshimchalar … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее

BUYUK XITOY DEVORI

BUYUK XITOY DEVORI (xitoycha «Vanli chongchang» — «10 ming li uzunliqdagi devor») , Saddi Chiniy — Shim. Xitoydagi qalʼa devori. Qad. Xitoy meʼmorligining ulkan yodgorligi. Qalʼa devori sifatida dastlabki kismi mil. av. 4—3-a. larda (tosh va gʻishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan toʻddirib, shibbalab) qurilgan. Mil. av. 2 — 1-a. larda Gʻarbga tomon 500 km ga … Читать далее