BARGUZIN QOʻRIQXONASI

BARGUZIN QOʻRIQXONASI — RF. ning Buryatiya Respublikasidagi biosfera qoʻriqxonasi. Barguzin tizmasining gʻarbiy yon bagʻrida. Barguzin qoʻriqxonasi Baykal koʻlining shim.-sharqiy sohili va koʻl suvining bir qismini oʻz ichiga oladi. Mayd. 374,3 ming ga, koʻl akvatoriyasi mayd. 150 ming ga. Barguzin soboli (kish) ni qoʻriqlash va sonini koʻpaytirish uchun 1916-y. tashkil etilgan. Barguzin soboli, maral (Sibir bugʻusi), kabarga, qoʻngʻir ayiq, tosh karquri va b., kulning qirgʻoqqa yaqin joylarida nerpa yashaydi. Togʻ tilogʻoch va igna bargli qora oʻrmonlar (qora qaragʻay, oq qaragʻay, kedrli sibir qaragʻayi), togʻ tundrasi va yalang tepalar keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x