GʻOZGʻONMARMAR AKSIYADORLIK JAMIYATI

«GʻOZGʻONMARMAR» AKSIYADORLIK JAMIYATI — tabiiy tosh (marmar)dan qurilishda ishlatiladigan qoplama-pardozlash plitalari ishlab chiqaradigan yirik korxona.

«Oʻzqurilishmateriallari» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradi. Navoiy viloyati Nurota tumani Gʻozgʻon shaharchasida joylashgan. 1969-y. da tashkil topgan. Respublikadagi eng katta marmar konlaridan biri boʻlgan Gʻozgon marmar koni negizida ishlaydi. Korxonaning yillik marmar plitalari i. ch. quvvati 60 ming m2. 2000-y. dan marmar plitalari Italiyaning «Tema frugoli» firmasidan kelti-rilgan dastgohlar yordamida ishlab chiqarilmoqda. 1994-y. dan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 2004-y. da 13,5 ming m3 marmar bloklari qazib olindi (konning zaxirasi 7576,0 ming m3). Gʻozgʻon marmari juda xilma-xil rangli koʻrinishga ega. Korxonada ishlab chiqarilgan marmar plitalari Toshkent, Mos-kva, Sankt-Peterburg, Kiyev va b. shaharlar metropoliteni, koʻplab meʼmorlik inshootlari qurilishida ishlatilgan. Korxonada ishlab chiqarilgan marmar mahsulotlari ichki bozorda sotiladi, shuningdek, Rossiya, Afgʻoniston va Qozo-gʻistonga eksport qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x