MINERALOGIYA

MINERALOGIYA (mineral… va…logiya) — minerallar haqidagi fan; minerallar, ularning tarkibi, xossalari, fizik tuzilishi (strukturasi) ning morfologiyasi va krnuniyatlari, shuningdek, tabiatda hosil boʻlish jara-yonlari va oʻzgarish sharoitlarini hamda sunʼiy yoʻl bilan (sintez) olish va amalda foydalanish yoʻllarini oʻrganadi. Mineralogiyaning asosiy vazifasi — foydali qazilma konlarini qidirish va baholash, xom ashyoni amaliyotda qoʻllash uchun boyitishning ilmiy asoslarini … Читать далее

PANJA

PANJA — bilaguzuk turi; rangbarang (odatda, koʻzli va b.) munchoklar yoki marjonlar orasiga kumush va zarhallangan yaproq, gʻuncha va b. shakllar te-rib tayyorlanadi. Rang jihatdan taʼsirchan va marjonga oʻxshagan turli shakldagi bezakli taqinchoqyaratiladi. Panjani ayollar va bolalar bilaklariga taqadi. Qadimda va oʻrta asrlarda yomon koʻzdan asrashi maqsadida tosh va sopoldan qoʻl (panja) shaklidagi osilchoklar qilingan. … Читать далее

PERSEPOL

PERSEPOL, Persipolis, Taxti Jamshid — Sheroz sh. (Eron)dan 50 km shim.-sharqda joylashgan qad. shahar. Mil. av. 6-a. oxirida barpo etilgan Axomaniylar davlatining poytaxt shaharlaridan biri. Mil. av. 330-y. Aleksandr (Iskandar) tomo-nidan bosib olinib, yondirilgan va shahar tashlandiq holga kelgan. Persepolda asosiy qazishma ishlari 20-a. ning 30-y. laridan olib borilgan. Togʻ etagida bunyod etilgan mahobatli meʼmoriy-haykaltaroshlik … Читать далее

PUERTO-RIKO

PUERTO-RIKO (Puerto Rico) , Puerto-Riko Hamdoʻstligi (Commonwelth of Puerto Rico) — Vest-Indiyada Katta Antil o. lari arxipelagining sharqiy qismidagi Puerto-Riko, Vyekes, Kulebra va Mona o. larida joylashgan AQSH mulki. Mayd. 8,9 ming km2. Axrlisi 3,95 mln. kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 78 munitsipal okrug (district)ra boʻlinadi. Maʼmuriy markazi — San-Xuan sh. Davlat tuzumi. P.-R. AQSHga «erkin … Читать далее

MUSHRIKIYLIK

MUSHRIKIYLIK (arab. – sheriklik) — koʻpxudolikning arab qabilalari oʻrtasida islom vujudga kelishidan oldin keng tarqalgan sodda shakli. Mushrikiy qabilalar turli sanam, tosh va h. k. ga, shuningdek, bir qancha erkak va ayol xudolarga eʼtiqod qilgan. Mushrikiylik tushunchasi Qurʼonda xudoni yakka deb eʼtirof etmay, uning sheriklari bor, yaʼni xudolar koʻp, deb tasavvur qilinadigan qabilaviy dinlar taʼlimotiga … Читать далее

MUSTYE MADANIYATI

MUSTYE MADANIYATI, m ustye davri — ilk paleolit davriningeng soʻnggi madaniyati (mil. av. 150—40 ming yillik). 19-a. ning 60-y. larida fransuz arxeologi G. Mortilye Fransiyaning jan.-gʻarbidagi Le-Mustye (Le Moustier) gʻoridan suyak va tosh qurollar topganligi uchun shu nom bilan yuritiladi. Bu davrda yashagan odamlar ne-andertallar nomi b-n fanga kirgan. Mustye madaniyati uchun gardishsimon nukleus va … Читать далее

MUSO

MUSO — Qurʼonda tilga olingan pay-gʻambarlardan biri. Qad. yahudiy manbalarida Moshe, xristian manbalarida Moisey nomi bilan maʼlum. Yahudiylikka eʼtiqod qiluvchilar Musoni iudaizm asoschisi deb hisoblaydilar. Qurʼonning bir necha suralarida Musoning nomi qayd etilgan. Baʼzi rivoyatlarda Muso «Bani Isroil» qabilasida tugʻilishi, Misr podshohi (firʼavn)ning taxtdan ketishiga sababchi boʻlishi, taqdir taqozosi bilan Misrdan qochib ketishi va arab … Читать далее

MUNDIGAK

MUNDIGAK — Qandahor sh. (Afgʻoniston)dan 55 km shim.-gʻarbdagi eneolit, jez va ilk temir davriga oid qaror-goh qoldigʻi. Fransuz ekspeditsiyasi tomonidan kavlangan (1951—58). Mundigakning yuqori qatlamidan terrakotadan yasalgan haykalchalar va tosh muhrlar, oʻrta qatlam (mil. av. 3ming yillik oʻrtalari) dan mis va jezdan yasalgan quyma idishlar, jamoa uchun moʻljallangan dafn xonalari topilgan. Quyi qatlamlardan (4ming yillik … Читать далее

METEORITLAR

METEORITLAR — Quyosh sistemasining sayyoralararo fazodan Yer yuziga tushadigan qattiq jismlari. Quyosh atrofida elliptik orbita boʻylab aylanayotgan sonsanoqsiz qattiq jismlardan ayrimlarining orbitasi oʻzgarishi natijasida Yer bilan toʻqnashadi. Katta tezlikda (11—75 km/sek) qarakat qilayotgan bunday jismlardan massasi kichiklari (1—10 g) Yer atmosferasida meteor hodisa hosil qilsa, kattalari (1 — 1000 kg) atmosferada butunlay erib ulgurmay Yer … Читать далее

POLSHA

POLSHA (Polska), Polsha Respublikasi (Rzeczpospolita Polska) — Markaziy Yevropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Varshava sh. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (wojewodztwo) ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Polsha — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-y. 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1995-y. dan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomonidan umumiy teng … Читать далее