BUVAKI

BUVAKI — xoʻraki va vinobop mahalliy uzum navi. Tupi kuchli usadi. Guli ikki jinsli. Bu navning Tosh va Nor buvaki nomli xillari bor. Bargi katta (diametri 18—22 sm), toʻgarak, besh boʻlakchali, toʻq yashil, yaltiroq, bir oz yuqoriga qayrilgan, cheti arra tishli. Uzum boshi katta ( boʻyi 20—28 sm), uzunchoq konussimon, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 250—300 g. … Читать далее

BRUSNIKA

BRUSNIKA (Vaccinium vitsdaea) brusnikadoshlar oilasiga mansub doim yashil chala buta. Boʻyi 25 sm. Bargi qalin, teskari tuxumsimon yoki ellipssimon, chetlari pastga qayrilgan. Gullari och pushti, qoʻngʻiroqsimon, mevasi qizil, dumaloq, serurugʻ va sershira. Rossiyaning oʻrmon va tundra zonalarida hamda Kavkaz togʻlarida oʻsadi. Oʻzbekistonda uchramaydi. Bargida 9% gacha arbutin glyukozidi, gidroxinon, giperozid, oshlovchi va b. moddalar; mevasida … Читать далее

BOGʻ TUZISH SANʼATI

BOGʻ TUZISH SANʼATI, bogʻdorlik sanʼati — xiyobon, bogʻ, park, chorbogʻ va b. koʻkalamzorlashtirilgan joylar yaratish sanʼati. Meʼmoriy rejasi, tarkibidagi koʻshklari, hovuzlari, xilmaxil daraxtlari, chamanlari bilan meʼmorlikda alohida oʻrin tutadi. Doim oʻz tusini oʻzgartirib turuvchi yirik dovdaraxtlarning tabiat hamda badiiy ijod bilan uygʻunlashuvi Bogʻ tuzish sanʼatining oʻziga xos xususiyatidir. Bogʻ tuzish sanʼatida mahalliy iklim, boʻrtma tasvir, … Читать далее

BIHISTUN (BIHISHTUN) KITOBALARI

BIHISTUN (BIHISHTUN) KITOBALARI, Besutun katibalari — Doro topshirigʻiga muvofiq Hamadon viloyatidagi Kirmon sh. yaqinida qoyaga bitilgan yozuv va tasvirlar. U bitta katta va bir necha mayda kitobalardan iborat. Bihistun (bihishtun) kitobalari (B.)k. mixxat bilan qad. forsiy, elamiy hamda bobuliy yozuvda bitilgan. Bihistun (bihishtun) kitobalari (B.) k. ni sharqshunos G. Raulinson oʻrganib, koʻchirib, tarjima qilgach, ilm … Читать далее

BILAGUZUK

BILAGUZUK — ayollarning bilakka taqadigan ziynat buyumi; keng tarkalgan qad. taqinchoklardan. Oltin, kumush, mis va b. metallardan quyib (quyma Bilaguzuk), bolgʻalab (yozma yoki yorma B.) ishlanadi, jilo beriladi, bosma, chizma, kandakori usulida islimiy, handasiy naqshlar bilan bezatiladi, qimmatbaho toshlar kadaladi, baʼzan bezakda yozuv (mas, arab yozuvi) ham uchraydi. Bilaguzuk ingichka va keng (qalin) shaklli boʻlib, … Читать далее

BEHI

BEHI (Cudonia oblonga Mill.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. B. ning Ozarbayjon, Dogiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida «avya» shaklida tilga olingan. B. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Ukrainaning jan. hamda Astraxon viloyatida keng tarqalgan. Oʻzbekistondagi Behi zorlarning 80% Fargʻona vodiysida. … Читать далее

BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее

BARBADOS

BARBADOS (Barbados) — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o. larining Barbados o. da joylashgan davlat. Mayd. 430 km2. Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun sh. Davlat tuzumi. Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u … Читать далее

VYETNAM

VYETNAM, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam) , BCP – Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o. dagi davlat. Mayd. 330 ming 991 km2. Axoliyey 76,3 mln. kishi (1999). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sh. … Читать далее

VIBROPLITA

VIBROPLITA — qovushmaydigan gruntlar (tuproqlar) va chaqiq tosh shagʻallardan iborat yul zaminlarini zichlovchi titrama mashina. Siljish usuliga koʻra qoʻlda siljitiladigan, oʻzi siljiydigan, bir joydan ikkinchi joyga koʻchiriladigan xillarga, yuritmasining turiga koʻra elektrik, pnevmatik, gidravlik usullarda va tki yonuv dvigatelilgn harakatlanadigan xillarga bulinadi. Ichki yonuv dvigatelidan xarakatlanadigan va oʻzi siljiydigan Vibroplita keng ishlatiladi. Пост Навигацияси