MUHAMMAD HUSAYN

MUHAMMAD HUSAYN Mirzo (1476 — 1503) — temuriy shahzoda. Husayn Boyqaronit 4-oʻgʻli. Onasi — Minglibiy Ogʻacha begim. Sulton Husayn Boyqaro Badiuzzamon Mirzo isyon koʻtargan vaqtda Astrobodni Muhammad Husaynga inʼom qilgan (1499). Muhammad Husayn Astrobod bilan cheklanmay, yangi-yangi yerlarni oʻz tasarrufiga kiritish xayoliga tushadi. 1500-y. u Is-faroinga hujum qiladi. Isfaroin hukmdori amir Badriddin Husayn Boyqaroning eng … Читать далее

MUHAMMAD SULTON

MUHAMMAD SULTON Mirzo (1375-1403) — temuriy shahzoda; Amir Temurning nabirasi. Muhammad Jahongir Mirzoning toʻngʻich oʻgʻli. U Oʻzbekxonnint nabirasi Xonzoda (Sevin beka) begimdan tugʻilgan. Amir Temur suyukli oʻgʻli Jahongir Mirzo vafotidan soʻng, oʻzining barcha orzu-umidlarini Muhammad Sultonga bogʻlab, uni oʻzidan keyin toju taxtning yagona vorisi deb bilardi. Muhammad Sulton bobosi Amir Temurga oʻxshab jasoratli, qatʼiyatli, zukko, … Читать далее

MUHAMMAD MIROLIM BUXORIY

MUHAMMAD MIROLIM BUXORIY (19-a.) — buxorolik tarixchi olim. Amir Nasrullaxon (hukmronligi: 1826—1860) davrida Huzor (Gʻuzor) hokimi Muhammad Olimbekning xizmatida boʻlgan va uning topshirigʻi b-n «Fathnomai Sultoniy» («Sulton fath-nomasi») tarixiy kitobini yozgan. Asar muqaddima va 29 bobdan iborat. U amir Shoxmurod (hukmronligi: 1785—1800) davridan to amir Nasrullaxon hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida boʻlib oʻtgan voqealarni oʻz … Читать далее

MAJDIDDIN MUHAMMAD

MAJDIDDIN MUHAMMAD, Xoja Majdiddin Muhammad Xavofiy (? — 1494-y. avg.) — Husayn Boyqaro davlatining yirik mansabdor shaxslaridan biri, vazir (1487—1490). Otasi Gʻiyosiddin Pir Ahmad Xavofiy Hirotda Shohrushing vaziri (1417—47) boʻlgan. Majdiddin Muhammad Abu Said davrida oddiy mirza, soʻngra Husayn Boyqaroning jiyani Mirzo Muhammad Sultonning vaziri boʻlgan. Sulton Husayn Boyqaro undan Majdiddin Muhammadni soʻrab olib, parvonachi … Читать далее

MAGʻRIB

MAGʻRIB (arab.) — l) dunyoning toʻrt tomonidan biri, gʻarb; 2) Afrikada Tunis, Jazoir, Marokashdan iborat region. Liviya, Mavritaniya va Gʻarbiy Sahroi Kabir M. bilan birgalikda katta Magʻrib yoki Arab Gʻarbi (Arab Sharqi — Mashriqdt ajratib) deyiladi. Oʻrta asrlarda musulmon Ispaniyasi (Andalusiya) va Arab xalifaligining Oʻrta dengizning gʻarbiy qismidagi boshqa mulklari (Balear o. lari, Sardiniya, Sitsiliya) … Читать далее

MUAYYID ul-FUZALO

«MUAYYID ul-FUZALO» («Fozillar yordamchisi») — 16-a. ning 1-choragida Hindistonda Muhammad ibn Lod ibn Abduvahob tomonidan yaratilgan forscha izohpi lugʻat. Unda forscha hamda fors tiliga oʻtgan arabcha, turkiy soʻz va iboralar izohlangan. Bu asardan Muhammad Gʻiyosiddin Tompuriy oʻzining «Gʻiyos ullugʻat»ini yozishda foydalangan. Lu-gʻat soʻzlarning bosh harfi tartibida kitoblarga, har bir kitob soʻzlarning oxirgi harfi tartibida boblarga … Читать далее

MAʼMUN

MAʼMUN (786-833, Tarsus sh.) – abbosiylar sulolasidan boʻlgan xalifa, yirik siyosiy arbob, ilm fan homiysi. Xalifa Horun arrashidnnng oʻgʻli. Maʼmun otasining vaziri Jaʼfar ibn Yahyo tarbiyasini olib, kamol topgan. Maʼmun Xuroson viloyati ( markazi — Marv sh.) noibi (809—819). 813-y. da akasi al-Amin bilan taxt uchun boʻlgan jangda gʻolib chiqib, Bagʻdod xalifaligi uning ixtiyoriga oʻtadi, … Читать далее

MASJID

MASJID, machit (arab. — sajda qilinadigan joy) — musulmonlar jamoa boʻlib, namoz oʻqiydigan joy, ibodatxona. M. lar, asosan, kundalik besh vaqt namoz oʻqish uchun moʻljallangan. Juma va hayit namozlari esa jome masjidlarida oʻqiladi. Birinchi Masjidni Madinada Muhammad (sav) qurdirgan. Masjidlar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. Masjid larning toʻrida, Makkaga qaragan (qibla) tomonida … Читать далее

MOʻGʻULLAR ISTILOSI

MOʻGʻULLAR ISTILOSI — Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (13-a.). Moʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib, koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi — koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosq-inchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin birlashgan qoʻmondonlikka … Читать далее

MUHAMMAD RAHIM

MUHAMMAD RAHIM, Muhammad Rahimbiy otaliq (1709 — 1758.24.3) — mangʻitlar sulolasining asoschisi, qushbegi, Buxoro xoni (1756—58). Muhammad Hakimbiynmng oʻgʻli. Otasining koʻmagi bilan Ashtarxoniylardan Abulfayzxon saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan. Eron hukmdori Nodirshohning Buxoroga hujumidan keyin mamlakatda uning mavqei yanada oshgan va Abulfayzxonning qiziga uylangan. Buxoroning ob-roʻli kishilaridan 12000 nafarga bosh boʻlib, ularni oq uylik sifatida … Читать далее