MAʼMUN

MAʼMUN (786-833, Tarsus sh.) – abbosiylar sulolasidan boʻlgan xalifa, yirik siyosiy arbob, ilm fan homiysi. Xalifa Horun arrashidnnng oʻgʻli. Maʼmun otasining vaziri Jaʼfar ibn Yahyo tarbiyasini olib, kamol topgan. Maʼmun Xuroson viloyati ( markazi — Marv sh.) noibi (809—819). 813-y. da akasi al-Amin bilan taxt uchun boʻlgan jangda gʻolib chiqib, Bagʻdod xalifaligi uning ixtiyoriga oʻtadi, ammo Bagʻdodga faqat 819-y. da koʻchib oʻtgan. Maʼmun Movarounnahr va Xuroson olimlarini oʻz saroyida toʻplay boshlab ularni oʻzi bilan Bagʻdodga olib ketgan, ular «Bayt ul-hikmat» («Bilim uyi»)da oʻz ilmiy faoliyatlarini davom ettirganlar. Dunyoning turli burchaklaridan, Oʻrta Osiyo va Xuroson (Muhammad al-Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Habash al-Xosib al-Marvaziy, Xolid al-Marvarudiy, al-Abbos al-Javhariy, Ahmad al-Fargʻoniy)dan taklif etilgan allomalar ilmiy mavzularda munozaralar olib borishgan. Misrdagi isyon sa Ozarbay-jondagi Bobak qoʻzgʻoyaonita qarshi kurash olib borgan. Maʼmun davri ilmfanning nihoyatda rivojlangani bilan ajralib turadi. Maʼmun riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, geogr., falsafa, mantiq, adabiyot, diniy ilmlar sohasida qator yutuqlarga erishgan, muʼtaziliya taʼlimoti rivojiga ulkan hissa qoʻshgan. Maʼmun bobosi Mansur, otasi Horun arrashid tomonidan saroyda toʻplangan kitoblar sonini koʻpaytirgan. Otasi davrida bu kutubxona «Bayt ul-hikmat» deb nomlana boshlagan, keyinchalik u ku-tubxonalik doirasidan chiqib, tarjima va ilm markazi yoki oʻziga xos akademiya vazifasini oʻtagan.

Ad.: Bulgakov P. G., Rozenfeld B. A., Axmedov A. A., Muxammad al-Xorezmi, Maʼmun, 1983.

Bahrom Abduhalimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x