MUHAMMAD RAHIM

MUHAMMAD RAHIM, Muhammad Rahimbiy otaliq (1709 — 1758.24.3) — mangʻitlar sulolasining asoschisi, qushbegi, Buxoro xoni (1756—58). Muhammad Hakimbiynmng oʻgʻli. Otasining koʻmagi bilan Ashtarxoniylardan Abulfayzxon saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan. Eron hukmdori Nodirshohning Buxoroga hujumidan keyin mamlakatda uning mavqei yanada oshgan va Abulfayzxonning qiziga uylangan. Buxoroning ob-roʻli kishilaridan 12000 nafarga bosh boʻlib, ularni oq uylik sifatida Eron poytaxti — Mashhadga olib kelgan. Keyinchalik kattaqoʻrgʻonlik Ibodullohbiy boshchiligida xitoyqipchoq qavmlari koʻtargan isyonni bostirish uchun Nodirshohning buyrugʻi bilan Buxoroga qaytadi (1745) va qushbegi — bosh vazir lavozimini egallaydi. Aynan shu paytdan boshlab u Buxoro xonliginiig amaldagi hukmroniga aylangan. Muhammad Rahim buyrugʻi bilan 1747-y. da Abulfayzxon Mir Arab madrasasi hujralaridan birida oʻldiriladi. Taxtga Abdulmoʻminxon (hukmronligi: 1747 — 51), Ubaydullaxon III ibn Abdulmoʻminxon (hukmronligi: 1751—54), Shergʻozi (hukmronligi: 1754—56) ni oʻtqazib, bu qoʻgʻirchoq xonlar davrida markaziy hokimiyatga boʻysunishni xohlamayotgan Miyonkol, Nurota, Urgut, Jizzax, Oʻratepa, Xoʻjand, Toshkent, Shaxrisabz, Boysun, Hisor, Qubodiyon va b. bekliklar ustiga yurish qilib, ularni boʻysundiradi. Burqut, bahrin, kenagas, qipchoq, yuz, saroy va b. qavmlarni mamlakatning turli hududlariga koʻchirib, xonlikning yaxlitligi va xavfsizligi uchun izchil kurashgan. Urushlar tufayli vayron boʻlgan Dargʻom kanalini qayta tiklattirgan. Buxoro sh. ning mudofaa devori mustahkamlanib, bal. 2 m. li yangi devor qurilgan (1752—53). M. R. Buxoro taxtiga rasmiy ravishda xon boʻlib oʻtirgach (1756.16.12), mangʻitlar sulolasining xukmronligi boshlandi. U Xiva xonligidagi siyosiy nizolardan foydalanib, taxtga oʻz odamlarini oʻtqazgan. Buxorolik tarixchi Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniyning yozishicha, Gʻijduvon tumanidan qaytayotganda yoʻdda vafot etgan. Buxorodagi Shohrud anhori boʻyida, Mozor darvozasidagi Abu Bakr Tarxon qabristonida dafn etilgan.

Ly.:Mirza Abdalʻ azim Sami, Tarixi salatini mangitiyya, Muhammad rahim, 1962; Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x