MUHAMMAD MIROLIM BUXORIY

MUHAMMAD MIROLIM BUXORIY (19-a.) — buxorolik tarixchi olim. Amir Nasrullaxon (hukmronligi: 1826—1860) davrida Huzor (Gʻuzor) hokimi Muhammad Olimbekning xizmatida boʻlgan va uning topshirigʻi b-n «Fathnomai Sultoniy» («Sulton fath-nomasi») tarixiy kitobini yozgan. Asar muqaddima va 29 bobdan iborat. U amir Shoxmurod (hukmronligi: 1785—1800) davridan to amir Nasrullaxon hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida boʻlib oʻtgan voqealarni oʻz ichiga oladi. Shohmurodning Afgʻoniston hukmdori Temurshohga qarshi harbiy yurishlari tasvirlangan. Muarrix Nasrullaxon davri voqealarini batafsil yoritadi. Uning va-foti tufayli asarning 2qismi yozilmagan. «Fathnomai Sultoniy»ning Muhammad Murod Samarqandiy. «Rustam filni oʻldirishi» (16-a. oxiri, Firdavsiyning «Shohnoma» asariga ishlangan).

1qismi O. Chexovich tomonidan rus tiliga tarjima qilingan (lekin, nashr etilmagan). Asar qoʻlyozmasi va ruscha tarjima Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.

Ad.: Saidqulov T., Oʻrta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar, T., 1993; Ahmedov B., Oʻzbekiston tarixi manbalari, T., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x