BOSMAXONA

BOSMAXONA — matbaa mahsulotlari (kitob, jurnal, gazeta, plakat, blank va b.) tayyorlaydigan sanoat korxonasi. Qadimda risolalar asosan qoʻlyozma tarzida tayyorlangan. Sharqda qoʻlyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa koʻchirib, naqqoshlar bezaklar bilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib, kitob holida chiqarishgan q(. Noshirlik). Kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041—48 y. larda amalga oshirilgan (Bi Shen). … Читать далее

BOZARGON

BOZARGON, bozurgon (fors. bozorchi, savdogar) — oʻrta ayerlarda viloyat mamlakatlararo yurib savdo qiluvchi shaxs, savdogar. Bozargonlar oldisotdi ishlaridan tashqari aygʻoqchilik ham qilib, borgan mamlakatlarining iktisodiy ahvoli, harbiy qudrati haqida maʼlumot toʻplagan. Xon va sultonlar, odatda, oʻz elchilarini Bozargon larga (savdogarlarga) qoʻshib yuborishgan. Buni 1216—20 y. lar orasida xorazmshoh Muhammad bilan Chingizxon, shuningdek. 16 — 19-a. … Читать далее

BOBURIYLAR DAVLATI

BOBURIYLAR DAVLATI — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat (15261858). 1517-y. dan boshlab Dehli sultonligitsa ichki nizolar avj olib, sultonlik inqiroega yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dexlida Ibrohim Loʻdiy, Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib 1519 va 1524-y. lari Kobuldan Panjobga yurish qildi va katta oʻljalar olib … Читать далее

VELYAMINOV-ZERNOV

VELYAMINOV-ZERNOV Vladimir Vladimirovich [1830.31.10(12.11), Peterburg — 1904.17(30). !, Kiyev] — tarixchi, sharqshunos, tilshunos, numizmat, arxeolog. Peterburg FA akad. (1861). V.Z. «Qirgʻiz-qaysaqlar hamda Rossiya bilan Oʻrta Osiyoning Abulxayrxon (1748—65) vafotidan keyingi munosabatlariga oid tarixiy maʼlumotlar» (1—2jild; 1853—55), «Muhammad Alidan Xudoyorxonga qadar Qoʻqon xonligi haqida tarixiy maʼlumotlar» (1856) kabi asarlarida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston xalqlari tarixini tadqiq … Читать далее

VAHDATI VUJUD

VAHDATI VUJUD (arab. – jismoniy birlik) — abadiy yagona Allohgina bor deb hisoblovchi panteistik (q. Panteizm) taʼlimot. Bu taʼlimotga koʻra, jismoniy olam, predmetlar dunyosi haqiqiy emas, haqiqat faqat Allohda mujassamlangan, moddiy olam Allohning nuri, shulasidir. Vahdati vujud namoyandalari (Ibn Arabiy, Muhammad Gʻazoliy va b.) xudo butun borliqni yaratib turadi, deb hisoblaganlar. Vahdati vujud ayniqsa 17—19-a. … Читать далее

BAYT ul-HIKMAT

«BAYT ul-HIKMAT» (yoki «Xizonat ul-hikmat») — olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa. Xalifa Horun ar-Rashid (766 — 809) Bagʻdodda tashkil etgan. Oʻzbekcha asarlarda «Bilim uyi» yoki «Donishmandlar uyi» deb yuritiladi. Muhammad Xorazmiy xalifa Maʼmun davri (813 — 833)da «Bilim uyi»dagi juda boy kutubxonaga boshchilik qilgan. Kutubxonada hind, yunon, suryoniy (suriya), arab, fors tillarida 400 000 jida qoʻlyozma … Читать далее

BADIUZZAMON

BADIUZZAMON (1458, Hirot – 1515, Istanbul) — Xuroson hukmdori (1506—07). Husayn Boyqaronint toʻngʻich oʻgʻli, onasi — Marv hokimi Sanjar Mirzoning qizi Beka Sulton begim (1488-y. v. e.). B. 1473-y. dan Seyiston, keyinchalik Mozandaron hokimi. Astrobod hokimi amir Moʻgʻul xiyonatidan soʻng, Husayn Boyqaro uni Astrobodga hokim qilib tayinlagan (1493-y. dan). Soʻng, u 1496—1506-y. larda Balx hokimi … Читать далее

BUXORO MINIATYURA MAKTABI

BUXORO MINIATYURA MAKTABI — Oʻzbekiston miniatyura sanʼatidagi oʻziga xos yoʻnalish. Oʻrta asrlar (16 — 17-a. lar)da Buxoroda shakllangan. Buxoro miniatyura maktabining rivojlanish davri Buxoroda Shayboniyxonlar (16-a.), Ashtarxoniylar (17-a.) hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Hirot miniatyura maktabi taʼsirida rivojlangan Buxoro miniatyura maktabi dastlab Buxoroga kelgan Hirot miniatyura maktabi vakillarining ijodi bilan bogʻliq boʻlgan va mahalliy badiiy anʼanalar … Читать далее

BURCHAK OʻLCHAGICH

BURCHAK OʻLCHAGICH — mashina detallari, keskich va oʻlchov asboblarining ikki tekisligi orasidagi burchakni oʻlchaydigan asbob. Nonius (qoʻshimcha shkala)li va optik xillari bor. N o niusli Burchak oʻlchagich 0° dan 120°gacha darajalarga boʻlingan yarim doyra 2, qoʻzgʻalmas chizgʻich /, vintli oʻq 8 da aylanadigan chizgich 6 dan iborat (rasm). Harakatlanuvchi chizgʻichga yarim doyra aylanasida sirpanuvchi nonius … Читать далее