MUHAMMAD SULTON

MUHAMMAD SULTON Mirzo (1375-1403) — temuriy shahzoda; Amir Temurning nabirasi. Muhammad Jahongir Mirzoning toʻngʻich oʻgʻli. U Oʻzbekxonnint nabirasi Xonzoda (Sevin beka) begimdan tugʻilgan. Amir Temur suyukli oʻgʻli Jahongir Mirzo vafotidan soʻng, oʻzining barcha orzu-umidlarini Muhammad Sultonga bogʻlab, uni oʻzidan keyin toju taxtning yagona vorisi deb bilardi. Muhammad Sulton bobosi Amir Temurga oʻxshab jasoratli, qatʼiyatli, zukko, dushmanga nisbatan shafkatsiz, dovyurak jangchi edi. 1397-y. qishida Amir Temur Xitoyga qarshi boʻlajak yurishga tayyorgarlik koʻrish chogʻida Muhammad Sultonga Yettisuvda Ashpara istehkomini qurishga va u yerda dehqonchilikni rivojlantirishga farmon bergandi. Shu maqsadda Muhammad Sultonga 40 ming qoʻshin berilgan. 1399-y. M. S. mana shu chegara istehkomidan moʻgʻullarga qarshi kurashda foydalanmoqchi boʻlgan, biroq Fargʻona hokimi Iskandar mirzo undan avvalroq oʻzboshimchalik bilan Sharqiy Turkistonga zafarli yurish qilgan. Shu tufayli shahzodalar oʻrtasida nizo tugʻilib, 1400-y. M. S. buyrugʻiga koʻra, Iskandar Samarqandga keltirilib, hibsga olingan, uning otabegi va 26 navkari qatl etilgan. 1399-y. Amir Temur «Yetti yillik» yurishga ketar ekan, Samarqand hukmronligini 23 yoshli Muhammad Sultonga topshirib ketadi. 1401-y. mart oyida Amir Temur Suriyada turib Muhammad Sultonga sobiq Hulaguxon tasarrufida boʻlgan viloyatlarni (Iroq yoki Shim.-Gʻarbiy Eron) boshqarish haqida farmon yuboradi. 1402-y. da Amir Temurning Boyazid I Yildirimga qarshi yurishida Muhammad Sulton faol qatna-shadi. U Kichik Osiyoning gʻarbiy chekkasigacha boradi. U yerdan qaytayotib, 1403-y. 12-martda Qora Hisor mavzeida shamollab 27 yoshida vafot etadi. Muhammad Sultonni u qurgan madrasaga dafn qilishgan.

Boburning taʼkidlashicha, M. S. Samarqand qalʼasi jan. da ToshqoʻrgʻonChaqarda Madrasa va xonaqoh qurdirgan. Muhammad Sulton vafotidan soʻng Amir Temur uning xotirasiga atab maqbara qurish haqida farmon bergan. Maqbara Madrasa hovlisining toʻriga bunyod etilgan.

Turgʻun Fayziyev

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x