MUHAMMAD HUSAYN

MUHAMMAD HUSAYN Mirzo (1476 — 1503) — temuriy shahzoda. Husayn Boyqaronit 4-oʻgʻli. Onasi — Minglibiy Ogʻacha begim. Sulton Husayn Boyqaro Badiuzzamon Mirzo isyon koʻtargan vaqtda Astrobodni Muhammad Husaynga inʼom qilgan (1499). Muhammad Husayn Astrobod bilan cheklanmay, yangi-yangi yerlarni oʻz tasarrufiga kiritish xayoliga tushadi. 1500-y. u Is-faroinga hujum qiladi. Isfaroin hukmdori amir Badriddin Husayn Boyqaroning eng yaqin kishilaridan edi. Jangda amir Badriddin qoʻshini yengilib, oʻzi ham qalok boʻladi. Bu xabarni eshitgan Muzaffar Husayn Mirzo ukasi Muhammad Husaynga qarshi qoʻshin yuboradi, lekin jang uning magʻlubiyati bilan tugaydi. Muhammad Husayn qoʻshini Nishopurgacha gʻorat qilib boradi. Johil farzandlarini tinchlantirish uchun Husayn Boyqaro Hirotni amir Alisher Navoiy va amir Muhammad Valibek ixtiyoriga topshirib, oʻzi Astrobodga askar tortadi. Muhammad Husayn otasining katta qoʻshiniga dosh berolmasligini sezib, Astrobodni tashlab qochadi. Husayn Boyqaro Astrobodga kelib, 3—4 kunda osoyishtalik oʻrnatadi. Shu asnoda Muhammad Husayn oʻz otasiga qilgan xatti-harakatlaridan afsuslanib, shahanshoxdan uzr soʻrab, elchi yuboradi. Husayn Boyqaro oʻgʻlining gunoxlarini kechirib, Jurjon mulkini inʼom qilib, oʻzi Hirotga qaytadi. Ammo, qoʻp oʻtmay (1503-y.) M. H. xasba (qora bezgak) kasaliga uchrab, 28 yoshida va Turgʻun Fayziyev

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x