MAGʻRIB

MAGʻRIB (arab.) — l) dunyoning toʻrt tomonidan biri, gʻarb;

2) Afrikada Tunis, Jazoir, Marokashdan iborat region. Liviya, Mavritaniya va Gʻarbiy Sahroi Kabir M. bilan birgalikda katta Magʻrib yoki Arab Gʻarbi (Arab Sharqi — Mashriqdt ajratib) deyiladi. Oʻrta asrlarda musulmon Ispaniyasi (Andalusiya) va Arab xalifaligining Oʻrta dengizning gʻarbiy qismidagi boshqa mulklari (Balear o. lari, Sardiniya, Sitsiliya) ham Magʻribga qoʻshib aytilgan. Marokash va Tunis mustaqillikka erishgach (1956), Marokash qiroli Muhammad V va Tunis Bosh vaziri Habib Burgʻiba «Buyuk Arab Magʻribi» regional ittifoqini tuzish gʻoyasini ilgari surdilar. Birlashtirish masalasi boʻyicha Tanjer (1958) va Rabot (1963) da konferensiyalar oʻtkazildi. 1964-y. M. davlatlarining Doimiy maslahat qoʻmitasi tuzildi. Unga Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyaning moliya vazirlari kiradi. 1964—68 y. larda qoʻmita qoshida tarmoq komissiyalari tuzildi va Magʻrib davlatlari oʻrtasida iqtisodiyotning turli masalalari yuzasidan hamkorlik qilish toʻgʻrisida shartnomalar imzolandi. 1970-y. dan Mavritaniya ham (kuzatuvchi sifatida) qoʻmita ishlarida qatnashmoqda. 1970-y. Liviya M. ning barcha regional tashkilotlaridan chiqsi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x