PERISTALTIKA

PERISTALTIKA (yun. peristaltikos — kamroq oladigan, qisadigan) — kovak (naysimon) ichki aʼzolar (meʼda, ichak, urugʻ kanallari, oʻt yoʻli, siy-dik yoʻli va b.) devorining bir maromda toʻlqinsimon qisqarishi. Shu harakat tufayli bu aʼzolardagi massa va suyuklik oldinga siljiydi. Peristaltika avtomatik tarzda amalga oshadi. Markaziy nerv sistemasi adashgan (pa-rasimpatik) va simpatik nervlar orqali Peristaltikani tormozlaydi yoki tezlashtiradi. … Читать далее

MARJINALIZM

MARJINALIZM (frans. marginal – chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-a. ning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-a. ning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, … Читать далее

MOʻGʻULLAR ISTILOSI

MOʻGʻULLAR ISTILOSI — Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullarning Osiyo va Sharqiy Yevropaga qilgan bosqinchilik yurishlari (13-a.). Moʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib, koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi — koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosq-inchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin birlashgan qoʻmondonlikka … Читать далее

MUXOLAFAT

MUXOLAFAT, muxolifat (arab. — teskarilashish, kelishmovchilik) — rasmiy hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha siyosiy yoʻl tutib, faoliyat yuritish. Muxolafatning mavjudligi fuqarolik jamiyatining siyosiy madaniyatini belgilab beruvchi muhim xususiyathisoblanadi. Muxolafat boʻlishning asosiy talablari quyidagilardir: hokimiyatni boshqarish, tashkil etish boʻyicha oʻz dasturiga, oʻz «komanda»siga, oʻz faoli-yatining gʻoyaviy, mafkuraviy asosiga ega boʻlish; amaldagi huquqiy normalar asosida faoliyat … Читать далее

MUTAZILIYLAR

MUTAZILIYLAR (arab. — ajralib chiqqanlar, uzoklashganlar) — islomdagi ilohiyot oqimlaridan biri. 8-a. oʻrtasida Arab xalifaligida vujudga kelgan. Asoschilari Vosil ibn Ato (699—748) va Amir ibn Ubayd (761-y. v. e.). Ular oʻz guruhi bilan ustozlari Xasan al-Basriy (728-y. v. e.) maktabidan ajralib chiqqan. M. Qurʼonni diniy haqiqatning manbai deb eʼtirof etadi, uni soʻzma-soʻz emas, majoziy talqin … Читать далее

MAGNIT REZONANS

MAGNIT REZONANS — moddaning maʼlum bir uzunlikdagi elektromagnit toʻlqinlarni tanlab yutishi. Bunga sabab — elektronlar yoki atom yadrolarining magnit momentlari oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradi. Moddalarning turi va xususiyatlariga kura, Magnit rezonans hodisasi, asosan, 4 ga boʻlinadi: yadroviy Magnit rezonans (toʻlqinlar amplitudasining kuchli kattalashishi), elektron paramagnit rezonans, ferromagnit rezonans va antiferromagnit rezonans; a) yadroviy Magnit rezonansda elektromagnit … Читать далее

PASSAT OQIMLARI

PASSAT OQIMLARI — okean yuzasida passatlar taʼsirida hosil boʻladigan suv oqimlari. Atlantika va Tinch okeanlarda — Shim. va Jan. Passat oqimlari, Hind okeanida — Jan. yarim shardagi Passat oqimlari mavjud. Passat shamollari esib turga-nidan Passat oqimlari sharkdan garbga tomon soatiga 1—2 km tezlikda harakat qiladi (okeanlarning gʻarbiy qismlarida bu tezlik soatiga 3 km ga yetadi). … Читать далее

PARODIYA

PARODIYA (yun. parodia — zid qoʻshiq) — adabiyot, teatr, musiqa va estrada janri, kulgi sanʼati, hajv va hazil turlaridan biri. Oʻziga xos harakat tar-zi, shuningdek, biror uslub, yoʻnalish, janr yoki muayyan qolipdagi nutq va b. ga hajviy, kinoyaviy va yumor b-n yondashish maqsadini koʻzlab qilingan ongli takdid. Biror sanʼatkor ijodi yoki ayrim asarning uslubiga taklid … Читать далее

PAREZ

PAREZ (yun. paresis — boʻshashish, zaiflashish) — erkin harakatlarning zaiflashuvi; chala falaj. Bunda, tananing falajlangan qismida harakat bir oz saqlanib qoladi. Parez sabablari falajdagi kabi Parez ogʻir kasallik belgilaridan boʻlgani uchun darhol vrachga murojaat qilish kerak. Parezni ilk bosqichida davolansa, jarayonni toʻxtatib, falajning oldini olish mumkin. Пост Навигацияси

MUSTAFO CHOʻQAY

MUSTAFO CHOʻQAY (Choʻqayev) (1886, Oqmachit, Qozogʻiston — 1941.27.12, Berlin) — Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri. Otasi Choʻqaybey Toʻrgʻay dodxoh oʻgʻli (1912-y. v. e.) boʻlis (volost) boshligʻi edi. Mustafo Choʻqay boshlangich maʼlumotni Oqmachitda olgach, Toshkentdagi rus gimnaziyasida oʻqidi (1902—10), Peterburg untining huquq f-tini tugatdi (1917). Rossiya 4-Davlat dumasining musulmonlar fraksi-yasida Turkiston ishlari … Читать далее