MUSTAFO CHOʻQAY

MUSTAFO CHOʻQAY (Choʻqayev) (1886, Oqmachit, Qozogʻiston — 1941.27.12, Berlin) — Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri. Otasi Choʻqaybey Toʻrgʻay dodxoh oʻgʻli (1912-y. v. e.) boʻlis (volost) boshligʻi edi. Mustafo Choʻqay boshlangich maʼlumotni Oqmachitda olgach, Toshkentdagi rus gimnaziyasida oʻqidi (1902—10), Peterburg untining huquq f-tini tugatdi (1917). Rossiya 4-Davlat dumasining musulmonlar fraksi-yasida Turkiston ishlari boʻyicha kotib boʻlib ishladi (1917-y. fev. gacha). Keyinchalik Muvaqqat hukumat Bosh vaziri A. F. Kerenskiy boshchiligidagi komissiya tarkibida Turkistonda boʻddi. 1917-y. apr. da Petrograddan Tosh-kentga qaytdi va siyosiy voqealar ichida boʻldi. Turkiston oʻlkasi musulmonlari Markaziy Shoʻrosi raisi, «Birlik tugʻi» (qozoqcha) gaz. ning muharriri. Turkiston muxtoriyati hukumatining tashqi ishlar vaziri (1917—18), Bosh vazir (1918-y. yanv. dan). Muxtoriyat qizil askarlar tomonidan tugatilgach, M. Ch. Toshkentga kelib, bolsheviklardan yashirindi. Keyin Tiflisda musulmonlar uchun «Yangi dunyo», «Shafaq» gaz. larini chiqardi. 1919-y. fev. da u Yevropa davlatlariga maxsus memorandum bilan murojaat qilib, Turkistondagi istiqlolchilar kurashini qoʻllab-quvvatlashga, bolshevikcha rejimni agʻdarishgachaqirdi. Mustafo Choʻqay muhojirlikda yashab, turli xalqaro anjumanlarda ishtirok etdi, matbuotda maqolalari bilan qatnashib turdi. Jumladan, «Turkistondagi milliy kurash» (Parij, 1923) maqolasida oʻlkaning mustaqillik yoʻlidagi vazi-falarini koʻrsatib berdi. «Turkistondagi bosmachidik harakati» (London, 1928) asarida bu harakat milliy istiqlol kurashi ekanligini taʼkidladi.

«Oʻrta Osiyodagi Sovetlar» (Parij, 1928) kitobida Turkistonda oʻrnatilgan sovet rejimining asl mohiyatini ochib tashladi. Mustafo Choʻqay 1929-y. dan boshlab Turkiston Milliy Birligi Markaziy qoʻmitasining raisi boʻldi. Parij va Berlinda oʻzbek tilida «Yosh Turkiston» jur. ni chiqarib, unga muharrirlik qildi (1929—39). Parijda nemislar tomonidan qamoqqa olinib, Kompyen konslagerida tutqunlikda saqlandi. U yerda yuqumli kasallikka chalinib vafot etdi. M. Ch. Berlindagi musulmonlar qabristoniga dafn etilgan (1942-y. 2 yanv.).

Mustafo Choʻqay rus, oʻzbek, qozoq, turk, fransuz, ingliz, nemis, polyak tillarida Turkistonning 20-a. tarixiga oid koʻplab maqolalar, kitoblar yozdi. «1917-yil, xotira parchalari» (Berlin, 1937; oʻzbek tilida) kitobi shuhrat qozondi. Bu asari turk (Anqara, 1988), rus (Germaniya, 1989; Tokio—Moskva, 2001), oʻzbek (Toshkent, 1992) tillarida alohida kitob boʻlib nashr qilindi. 2 jildli «Tanlangan asarlar» kitobi (Olmaota, 1998 — 99) qozoq va qisman rus tilida bosilib chikdi.

As: Turkestan pod vlastyu Sovetov, Parij, 1935; Istiqlol jallodlari (1917-y. xotiralari), T., 1992.

Ad.: Sharafiddinov O., Mustafo Choʻqay, Choʻlpon, Otajon Hoshim, T., 1993; Iz istorii Rossiyskoy emigratsii: pisma A. 3. Validova i M. Chokayeva (19241932 gg.), M., 1989; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi, T., 2002.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x