PARODIYA

PARODIYA (yun. parodia — zid qoʻshiq) — adabiyot, teatr, musiqa va estrada janri, kulgi sanʼati, hajv va hazil turlaridan biri. Oʻziga xos harakat tar-zi, shuningdek, biror uslub, yoʻnalish, janr yoki muayyan qolipdagi nutq va b. ga hajviy, kinoyaviy va yumor b-n yondashish maqsadini koʻzlab qilingan ongli takdid. Biror sanʼatkor ijodi yoki ayrim asarning uslubiga taklid qilish yoʻli bilan yaratilgan kulgili asar. Ijtimoiy-siyosiy, maishiy hayotdagi ayrim voqealar ham Parodiyaga mavzu boʻlishi mumkin. Parodiya komediya sanʼatining, satiraning oʻziga xos yoʻnalishi hamdir. Parodiya koʻpincha boʻrttirilgan boʻla-di, unda aks ettirilayotgan voqeaning shakli bilan mazmuni bir-biriga zid qilib koʻrsatiladi. Parodiya Yunoniston dramaturgiyasi va teatrida paydo boʻlgan. Aristofan «Bulutlar» komediyasida Sokrat ustidan kulgan boʻlsa, «Qurbaqalar»da Yevripid tragediyalarini Parodiya qilgan. Angliyada 17—18-a. larda Parodiya shaklidagi bir qator sahna asarlari yaratilgan. Fransiyada «Komedi Italyenn» va yarmarka teatrlarida koʻplab Parodiya tomoshalari yuzagakelgan. 19-a. ningoʻrtalarida F. Erve bilan J. Offenbaxning Parodiya li operettalari shuxrat qozongan. 20-a. da Parodiya janri «qiyshiq oyna», «koʻrsha-palak» nomli maxsus teatrlar tomo-nidan rivojlantirilgan. Parodiya sirkda, qoʻgʻirchoq teatrida va estradada keng oʻrin egallab keladi.

Oʻzbek anʼanaviy teatrining repertuarida muqallid deb ataluvchi Parodiyalar katta oʻrin egallab kelgan. Bunda masxaraboz va qiziqchilarning aksariyati mahorat koʻrsatgan. 20-a. ning birinchi yarmida Yusufjon qiziq, Oxunjon qiziq, Aka Buxor, Berdiyor masxara, Safar masxara va b. ning Parodiya lari mashhur boʻlgan. Hoji tam-tam (Hojiqur-bon Hamidov) sozanda va xonandalarni Parodiya qilishda mahorat koʻrsatgan. Ke-yingi yillar A. Bakirov, N. Rahimov, H. Umarov, T. Azizov va b. ni Parodiya qilish kuchaydi. Baʼzan spektakl va kino-filmdan butun-butun sahnalar Parodiya qilinadi. Parodiya «Tabassum» radiojurnalida, televideniyening kulgi dasturlari, jumladan, televizion miniatyu-ralar teatrida keng qoʻllanib keladi. Oʻzbek sirki va dorbozlik sanʼatida Karim Zarifov, Niyoz Nurmatov, Akrom Yusupov, Muhammad chaqqon kabi oʻnlab qiziqchi va masxarabozlar oʻz tomoshalarida Parodiyaga katta oʻrin ajratib kelishgan.

Ad.: Qodirov M., Masxaroboz va qiziqchilar sanʼati, T., 1971; Uzbek teatri anʼa-nalari, T., 1976.

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x