MUCHAL

MUCHAL, muchal yil hisobi — Sharqiy va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan yil hisobi. M. asosida miloddan 2000-yillar oldin kiritilgan xitoylarning siklik kalendari yotadi. 60 yillik sikl bilan yilning nomlari qaytariladigan bu taqvim aslida Quyosh — Oy kalendari (q. Kalendar) boʻlib, u Oyning Yer atrofida aylanish davriga (bu davr sinodik oy deyilib, 29,53 sutkaga teng) va … Читать далее

PIRMUHAMMAD

PIRMUHAMMAD Mirzo (1376 — 1407.22.2) — temuriy shahzoda. Amir Temurning nabirasi, Muhammad Jahongir Mirzoning oʻgʻli. Otasining oʻli-midan 40 kun oʻtgach, Baxt Mulk Ogʻo begimdan tugʻilgan. 1392-y. da Amir Te-mur Gʻazna, Kobul, Zobuliston, Qan-dahor viloyati va Sind, daryosigacha boʻlgan yerlarni Pirmuhammad tasarrufiga topshirgan edi. U bobosi Amir Temurning bir necha harbiy yurishlarida, jumladan, Hindiston fathida qatnashgan. … Читать далее

MUSKUL TOʻQIMASI

MUSKUL TOʻQIMASI — muskullarning asosiy qismini tashkil etib, ularning qisqarishini taʼminlaydigan maxsus ingichka tolalar. Uning asosiy qisqaruvchi elementi miofibrillarщr. Muskul toʻqimasi oraliq pardalar bilan oʻzaro birlashib alohida muskulni hosil qiladi, ularning sirti ham alohida parda bilan oʻralgan boʻladi. Organizmdagi barcha Muskul toʻqimasi tuzilishiga qarab silliq Muskul toʻqimasi, koʻndalang targʻil M. t. va yurak M. t. … Читать далее

MILL Jon Styuart

MILL Jon Styuart (1806.20.5, London — 1873.8.5, Avinyon) — ingliz faylasufi, iqtisodchi va jamoat arbobi. Ost-Indiya kompaniyasida (1823—58) xizmat qilgan. 1865—68 y. larda parlament aʼzosi . Liberal va demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlagan. Millning dunyoqarashi D. Rikardo, I. Bentam, J. Berkli, D. Yum va b. ning falsafiy, iqtisodiy nazariyalari taʼsirida shakllangan. U murosali siyosat va davlatning iqtisodiyotga … Читать далее

MEʼYOR

MEʼYOR (falsafada) — obyektning sifati bilan miqdorm oʻrtasidagi dialektik birlikni ifodalovchi tushuncha. Har qanday obyektning sifati muayyan miqdor (muayyan sistemaning xususiyatlari, tomonlari, belgilari, komponentlari, soni va h. k.) bilan uzviy bogʻliq. Meʼyor doirasida mikdor xususiyatlari elementlar soni, oʻlchami, bogʻlanish tartibi, harakat tezligi va sh. k. ning oʻzgarishi hisobiga boshqa shaklni olishi mumkin. Meʼyor obyektning miqdor … Читать далее

MORENA

MORENA (frans. moraine) — muzliklar erib chekingandan keyin qolgan togʻ jinslari uyumi. Gʻoʻlatoshlar, palaxsa toshlar, shagʻal, gil, qum shaklida boʻladi. Morenalar siljiydigan (harakatdagi) va yotqizilgan (qoʻzgʻalmas)larga boʻlinadi. Siljiydigan Morenalar togʻmuzliklarida xrsil boʻladi. Ular ustki, ichki va quyi Morena larga boʻlinadi. Ustki Morena chaqiq jinslardan hosil boʻladi. Ichki Morena muz qatlami orasida yotadi. Ustki va ichki … Читать далее

MARDIKORLIK

MARDIKORLIK — 1) oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda markaziy (xon, amir) yoki mahalliy hukumat farmoni bilan natural majburiyatni bajarish, shuningdek, katta yer egalari yerida ishlovchi dehqonlar mehnatidan foydalanish. Kanal qazish, uni taʼmir qilish, harbiy istehkomlar qurish va b. ogʻir yumushlarni bajarishda mardikorlar — safarbar qilinganlardan foydalanilgan. Baʼzan markaziy hukumat farmoni bilan Mardikorlikka viloyatlar aholisi jalb etilgan. … Читать далее

MANYOVR

MANYOVR (frans.) — 1) qoʻshinlar (flot qoʻshinlari)ning dushmanga talafot yetkazish uchun qulay boʻlgan kuch va vositalar guruhini tuzish maqsadidagi harakatlari; 2) qoʻshinlar (flot, aviatsiya kuchlari)ning yirik 2 taraflama mashqi; qoʻshinlarni qoʻshilma va birlashmalarning komandirlari hamda shtablarini taktik, shuningdek, operativ tayyorlashning oliy shakli. Jan-govar holatga yaqin sharoitda oʻtkaziladi; 3) lokomotivlar va vagonlarning st-ya yoʻllarida harakat qilishi. … Читать далее

MULTIPLIKATSION FILM

MULTIPLIKATSION FILM (lot. multiplicatio — koʻpaytirish) — kino sanʼati turi. Kinoasarlari chizilgan (rasmli multiplikatsiya) yoki hajmiy (hajmiy multiplikatsiya) obyektlar harakatining ketma-ket fazalarini suratga olish yoʻli bilan tayyorlanadi. Tasmaga tushirilgan rayem va xdjmiy obrazlarning sekundiga 24 kadr tezligidagi proyeksiya tasviri ekranda harakatni, yaʼni «jonlanish» ni yuzaga keltiradi. Multiplikatsiya rasmli va hajmiy boʻlib, ularning har biri yana … Читать далее

MIOKARD INFARKTI

MIOKARD INFARKTI — yurak tomir kasalligi; koronar qon aylanishining buzilishi (arteriyalar aterosklerozi, trombozi, spazmi) natijasida yurak muskulida infarkt hosil boʻladi. Miokard infarktining rivojlanishiga gipertoniya kasalligi, kandli diabet, semirib ketish, kashandalik, kam harakat qilish, jismoniy va ruhiy zoʻriqish sabab boʻladi. Juda koʻp hollarda Miokard infarkti stenokardiya zaminida roʻy beradi. Miokard infarktining asosiy belgilaridan biri yurak muskulining … Читать далее