PASSAT OQIMLARI

PASSAT OQIMLARIokean yuzasida passatlar taʼsirida hosil boʻladigan suv oqimlari. Atlantika va Tinch okeanlarda — Shim. va Jan. Passat oqimlari, Hind okeanida — Jan. yarim shardagi Passat oqimlari mavjud. Passat shamollari esib turga-nidan Passat oqimlari sharkdan garbga tomon soatiga 1—2 km tezlikda harakat qiladi (okeanlarning gʻarbiy qismlarida bu tezlik soatiga 3 km ga yetadi). Passat oqimlari okeanlarning sharqida, antitsiklon aylanma shamollarning sovuq oqimlaridan boshlanadi; gʻarbga siljigan sari anchagina isib qoladi. Ekvatorda shim.-sharqiy va jan.-sharqiy passatlar taʼsirida shim. va jan. Passat oqimlari oraligʻida (ekvatorial) teskari oqimlar vujudga keladi. Bu tizim Tinch okeanda yil boʻyi davom etadi; Atlantika okeanida yezda boʻladi; Hind okeanida kishki Passat oqimlari yoʻq, chunki bu okeanning shim. kismi mussonlar taʼsirida boʻladi. Okeanlarning gʻarbiy qismlarida Passat oqimlaridan iliq oqimlar boshlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x