MUTAZILIYLAR

MUTAZILIYLAR (arab. — ajralib chiqqanlar, uzoklashganlar) — islomdagi ilohiyot oqimlaridan biri. 8-a. oʻrtasida Arab xalifaligida vujudga kelgan. Asoschilari Vosil ibn Ato (699—748) va Amir ibn Ubayd (761-y. v. e.). Ular oʻz guruhi bilan ustozlari Xasan al-Basriy (728-y. v. e.) maktabidan ajralib chiqqan.

M. Qurʼonni diniy haqiqatning manbai deb eʼtirof etadi, uni soʻzma-soʻz emas, majoziy talqin qiladilar, rivoyatlarga koʻr-koʻrona ishonishga qarshi chiqadilar. Mutaziliylar qadariylarning inson iroda erkinligi haqidagi taʼlimotini rivojlantirdilar va asosladilar. Ular 9-a. da oʻzlarining aqidalar tizimini yaratdilar. Bungacha islomda davlat dini va barcha uchun maj-buriy deb eʼtirof etilgan yagona aqidalar tizimi boʻlmagan. Chunki, dastlabki ikki yuz yillik davomida islom turli fikr, maktab, mazhab, huquqiy firqalar yigʻindisidan iborat boʻlgan. Shuningdek, xalifalar diniy, siyosiy muxolafatdagi harakat (xorijiylar, shialar va b.)ga qarshi kurashuvchi mafkuraviy qurolga zarurat sezayotgan edi. Shuning uchun xalifa Maʼmun (813— 833) Mutaziliylar taʼlimotini davlat dini deb eʼlon qildi. Xalifa farmoni bilan barcha qozilar, ilo-hiyotchilar, amaldorlar shu eʼtiqoddami, yoʻqmi, sinab koʻrildi. Mutaziliylar aqidasi (xususan, Qurʼonning yaratilganligi)ni tan olmaganlarni ishdan boʻshatdi, hatto oʻlim jazo chorasini qoʻlladi. Maxsus jazo muassasasi — «mihna» tashkil etdi. Ammo, majburiy choralarga qaramasdan Mutaziliylar taʼlimoti xalifalikda umuman qabul qilinmadi, xalifa Mutavakkil davri (847—861)da esa Mutaziliylar taʼlimoti «shakkoklik» deb eʼlon qilindi. Mutaziliylar aql-idrokni ilo-hiyot asosi deb eʼtirof etgan, tasav-vufni inkor etishga uringan, oʻzlarini yakkaxudolik (tavhid) va adolat (adl) tarafdorlari, deb atagan. Mutaziliylarning asosiy gʻoyalari vaqti kelib shia ilohiyotchilari tomonidan oʻzlashtirib olindi. Mutaziliylar keyinchalik Iroq va Eronda 11 — 12-a. larga, Oʻrta Osiyoda 13—14-a. larga kelib yoʻqolib ketgan. Uning oxirgi vakillaridan biri Zamaxshariydpr.

Ad.: Husniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x