MUXOLAFAT

MUXOLAFAT, muxolifat (arab. — teskarilashish, kelishmovchilik) — rasmiy hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha siyosiy yoʻl tutib, faoliyat yuritish. Muxolafatning mavjudligi fuqarolik jamiyatining siyosiy madaniyatini belgilab beruvchi muhim xususiyathisoblanadi. Muxolafat boʻlishning asosiy talablari quyidagilardir: hokimiyatni boshqarish, tashkil etish boʻyicha oʻz dasturiga, oʻz «komanda»siga, oʻz faoli-yatining gʻoyaviy, mafkuraviy asosiga ega boʻlish; amaldagi huquqiy normalar asosida faoliyat olib borish; oʻz da-sturini mafkuraviy yoʻllar bilan keng jamoatchilikka yetkazish; oʻz elektorati (saylovchilar doirasi)ga ega boʻlish, ular manfaatini kuzlab qonun doirasida kurashish; hal qilinishi kerak boʻlgan vazifalarni yechish uchun alternativ (muqobil) yoʻllarni taklif etib, uning toʻgʻriligini amalda isbotlashga harakat qilish.

Hoz. davrda Muxolafatning rivojlangan shaklini Buyuk Britaniya va AQSHda kurish mumkin. Muxolafat bu mamlakatlarda har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi, uning rahbarlari rasmiy lavozimlarga ham tayinlanadi.

Oʻzbekistonda Muxolafatning vujudga kelishi, faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi, bu asoslar tobora rivojlantirib borilmoqda. OʻzR Konstituiiyasida «Oʻzbekiston Respublikasi fukarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshka jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolafatchi shaxslarning huquqpari, erkinliklari va qadrqimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas» (34modda), deb yozib quyilgan. Chunki Muxolafatning bulishi, uning amaldagi qonun va tartibotlar doirasida faoli-yat yuritishi jamiyat rivojiga katta qissa qoʻshadi. Muxolafat oʻzining gʻoyalari, takliflari, dasturlari bilan rasmiy hukumat koʻrmagan tomonlarga ishora qilib turadi. Buning natijasida rasmiy hukumat yaxshiroq ishlashga, doimo izlanib, oldinga intilishga harakat qiladi.

Sayfiddin Joʻrayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x