VAKUUM NASOSI

VAKUUM NASOSI — vakuum hosil qilish va uni tutib turish maqsadida berk hajm (idish)dan gaz (havo) yoki bugʻni soʻrib oladigan qurilma. Gaz (havo)ni tashqariga chiqarib tashlaydigan oqimli hamda gaz (havo)ni yutadigan sorbsion xillari boʻladi. Oqma V. n. oʻz navbatida mexanik va oqimli xillarga boʻlinadi. Mexanik Vakuum nasosiga plastinka-rotorli, plastinka-statorli, zolotnikli, moyli forvakuumlar va molekulyar Vakuum … Читать далее

GEOMETRIK ALMASHTIRISH

GEOMETRIK ALMASHTIRISH — toʻgʻri chiziq, tekislik yoki fazoni oʻzaro bir qiymatli akslantirish; maʼlum qonuniyat va qoidalarga asosan berilgan figuradan yangi figura hosil qilish. Mac, oʻq simmetriyasi yoki markaziy simmetriya — eng oddiy Geometrik almashtirish Uni quyidagicha taʼriflash ham mumkin. Maʼlum qoida asosida tekislikning har bir M nuqtasiga shu tekislikdagi aniq Af nuqta mos keltirilsa, tekislikdagi … Читать далее

VINTLI UZATMA

VINTLI UZATMA — bir-biriga muayyan burchak (asosan, 90°) ostida ayqash joylashgan vallarning biridan ikkinchisiga silindrik vintli gʻildiraklar vositasida harakat uzatish uchun moʻljallangan uzatma. Vallar ayqash joylashganligi tufayli Vintli uzatma yordamida bir valdan bir necha valga ham bir necha yoʻnalishda harakat uzatish mumkin. Vintli uzatma asosan asboblarning kinematik uzatmalarida qoʻllaniladi. Пост Навигацияси

GAROV SIFATIDA TUTQUNLIKKA OLISH

GAROV SIFATIDA TUTQUNLIKKA OLISH — shaxsni tutqunlikka olib, davlat, xalqaro tashkilot, jismoniy yoki yuridik shaxsdan biron-bir harakat sodir etish yoki biron-bir harakat sodir etishdan oʻzini tiyib turishni talab qilib, garov sifatida ushlab turilgan shaxsni ozod qilish shartini qoʻyishdir. Garov sifatida tutqunlikka olish Oʻzbekiston Respublikasi JK boʻyicha jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlardan hisoblanadi. Bunda aybdor shaxsni tutqunlikka … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее

VELUM

VELUM (lot. velum — yelkan) — ayrim umurtqasiz hayvonlarning harakatlanish organi. Gidromeduzalar va sifonoforalarning meduozoid zooidlarida bu organ ektodermaning soyabon chetida joylashgan muskulli burmasi hisoblanadi. Bunday burmalar tananing ichki tomoniga yoʻnalgan. Meduza tanasi va Velum qisqarganida suv soyabondan surib chiqarilishi tufayli meduza aboral tomoni bilan oldinga harakat qiladi. Kubomeduzalarning analogik organi velyarium, qorinoyoqlilar va ikki … Читать далее

BER QONUNI

BER QONUNI — daryolarning oqish qonuniyatini aks ettiradigan qonun. 1857-y. da rus tabiatshunosi K. M. Ber topgan. Daryolar Shim. yarim sharda oʻng tomonga, Jan. yarim sharda chap tomonga burilishga intilib oqadi. Shu tufayli, daryolar qaysi tomonga oqishidan katʼi nazar, Shim. yarim sharda daryoning oʻng qirgʻogʻini, Jan. yarim sharda chap qirgʻogʻini koʻproq yuvib boradi. K. M. … Читать далее

VARIATOR

VARIATOR (lot. vario — uzgartiraman) — yuritma (harakatlantirgich) bilan ish bajaruvchi mexanizm orasidagi uzatish nisbatini bir tekis oʻzgartiradigan qurilma. Pogʻonasiz uzatma V. ning asosiy qismi hisoblanadi. Turli sharoitlarda mashina va mexanizmlarning maqbul (optimal) tezliklarda ishlashini taʼminlaydi. Mas., metropoliten eskalatorlarida Variator yordamida dasta bilan zinalarning xarakat tezliklari baravarlashtiriladi (eskalatorda ketayotganingizda qoʻlingizni dastaga qoʻyib tursangiz, dasta zinalarga … Читать далее

BURJ

BURJ — Quyoshning yillik koʻrinma harakati doirasidagi oʻn ikki yulduz turkumining nomlari. Bu soʻz zodiak yulduzi turkumlari Dayav, Hut. Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadylarga nisbatan qoʻllaniladi (jadvallarga q.). Ular Quyoshning yillik koʻrinma harakat yoʻli (ekliptika) boʻylab joylashgan. Har birida Quyosh taxm. bir oycha boʻladi. Burj yulduz turkumlaridan Quyosh sistemasining deyarli … Читать далее