PERISTALTIKA

PERISTALTIKA (yun. peristaltikos — kamroq oladigan, qisadigan) — kovak (naysimon) ichki aʼzolar (meʼda, ichak, urugʻ kanallari, oʻt yoʻli, siy-dik yoʻli va b.) devorining bir maromda toʻlqinsimon qisqarishi. Shu harakat tufayli bu aʼzolardagi massa va suyuklik oldinga siljiydi.

Peristaltika avtomatik tarzda amalga oshadi. Markaziy nerv sistemasi adashgan (pa-rasimpatik) va simpatik nervlar orqali Peristaltikani tormozlaydi yoki tezlashtiradi. Ayrim kasalliklarda Peristaltika buziladi. Meʼda shirasining kislotaligi ortganda meʼda Peristaltikasi kuchayadi. Bunda koʻpincha hiqichoqtutadi, jigʻildon qay-naydi. Ichak P. si mexanik va kimyoviy taʼsirotlar, mahalliy yalligʻlanish, achish va bijgʻish jarayonlari natijasida tezlashadi. Qoʻrqqanda, iztirob chekkanda Peristaltika kuchayadi. Kimyoviy va mexanik taʼsirotlar kam taʼsir etganida ichak retseptorlarining qoʻzgʻaluvchanligi pasayganda Peristaltika susayadi. Bunda ichaklar boʻylab ovqatning harakati sekinlashadi va surunkali qabziyat paydo boʻladi. Ichki sekretsiya bezlarining ayrim kasalliklarida ham Peristaltika susayadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x