MUHANDISLIK QOʻSHINLARI

MUHANDISLIK QOʻSHINLARI — barcha qoʻshin turlarining jangovar harakatlariga yordam beradigan muhandislik inshootlari va vositalarini barpo etuvchi maxsus qoʻshinlar. Dastlab Fransiyada 17-a. da, Rossiyada 18-a. boshida paydo boʻlgan. Zamonaviy qoʻshinlarda Muhandislik qoʻshinlari muhandislik sapyorlik (sapyor), muhandislik-yoʻl, ponton-koʻprik quruvchi, muhandisquruvchilik, kechib oʻtuvchidesant va b. birlashma, qism va boʻlinmalardan tarkib topgan. Hozirda Muhandislik qoʻshinlari quruklikdagi qoʻshinlarning jangovar harakatlarini … Читать далее

MARITSA JANGI

MARITSA JANGI — hoz. Edirne sh. dan gʻarbdagi Maritsa daryosi boʻyida serbmakedon lashkari (bosniyaliklar, bolgarlar, vengerlar, valaxlar va b. bilan birgalikda) va usmonli turklar oʻrtasida sodir boʻlgan jang (1371 y 26 sent.). Makedon zodagonlari Uglesha va uning ukasi Vukashin turklar bosqiniga qarshilik koʻrsatishga harakat qilib qoʻshin toʻplaganlar. Biroq yagona qoʻmondonlik boʻlmaganligi tufayli qoʻshinda intizom sust … Читать далее

MAYATNIK

MAYATNIK — tashqaridan taʼsir ettirilgan kuchlar, xususan, tortishish kuchi taʼsirida qoʻzgʻalmas nuqta yoki oʻq atrofida tebranma harakat qiladigan qattiq jism. 1) Matematik Mayatnik — biror qoʻzgʻalmas nuqtaga vaznsiz va choʻzilmaydigan ipga osib qoʻyilgan moddiy nuqta M. ogʻirlik kuchi taʼsirida vertikal (tik) tekislikda tebranadi. Mayatnik turli asboblarda, soatlarda, i. t. ishlarida qoʻllaniladi. Пост Навигацияси

MATERIYA

MATERIYA (lot. materia — modda) — borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda «umuman odam» boʻlmaganidek «umuman Materiya» ham boʻlmaydi, balki Materiyaning anik, koʻrinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritgan faylasuflar barcha moddiy obyektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun Materiya tushunchasini qoʻllashgan. Materiya tushunchasini moddiy olamning substrati (asosi) sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan, shu b-n … Читать далее

METASOMATIZM

METASOMATIZM, metasomatoz (meta… va yun… somatos — jism) — togʻ jinsidagi baʼzi minerallarning boshqa minerallar bilan almashinish hodisasi. Metasomatizmda togʻ jinslarining umumiy kimyoviy tarkibi jiddiy oʻzgarishga uchraydi. Bu jarayon ham ekzogen, xam endogen sharoitlarda oʻtishi mumkin, bunda avvalgi minerallarning erishi va yangi minerallarning hosil boʻlishi bir vaqtda sodir boʻladi. Metasomatizm geologik hodisa sifatidagi roli Yer … Читать далее

MOʻGʻULLAR DAVLATI

MOʻGʻULLAR DAVLATI — 13-a. ning 1-yarmida Chingizxon va uning vorislarining istilochilik urushlari natijasida barpo etilgan davlat. 1206-y. bahorda Moʻgʻulistondagi turli toifa qabilalar sardorlarining qurultoyida Temuchin xon etib tayinlangan va unga «Chingizxon» («Ulugʻ xon») deb nom berilgan, tashkil etilgan davlat «Yakka mongol ulus» deb atalgan. Chingizxon hokimiyatni mustahkamlash yoʻlida bir qancha islohotlar oʻtkazgan. Jumladan, ming oilani … Читать далее

PUERTO-RIKO

PUERTO-RIKO (Puerto Rico) , Puerto-Riko Hamdoʻstligi (Commonwelth of Puerto Rico) — Vest-Indiyada Katta Antil o. lari arxipelagining sharqiy qismidagi Puerto-Riko, Vyekes, Kulebra va Mona o. larida joylashgan AQSH mulki. Mayd. 8,9 ming km2. Axrlisi 3,95 mln. kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 78 munitsipal okrug (district)ra boʻlinadi. Maʼmuriy markazi — San-Xuan sh. Davlat tuzumi. P.-R. AQSHga «erkin … Читать далее

POLISINTETIK TILLAR

POLISINTETIK TILLAR — sintetik tillarnnnt turi. Bunday tillarda barcha grammatik maʼnolar, odatda, morfemalari davomli ketma-ket joylashgan soʻz tarkibida beriladi. Polisintetik tillar, asosan, ergativ qurilishga (gapda ish-harakat bajaruvchisi hamda obyektning aloqida maxsus kelishikda boʻlishidan iborat sintaktik tuzilma) ega boʻlgan chukchakamchatka, eskimosaleut, abxaz-adigey tillari, shuningdek, Shim. va Markaziy Amerikadagi koʻplab indeys tillaridir. Affikslarning eng koʻp mikdordagi tizmasi … Читать далее

MUHAMMAD ZAMON

MUHAMMAD ZAMON Mirzo (1496 — 1539) — Husayn Boyqaronshnt nabirasi, Badiuzzamonning 2-oʻgʻli. 1506-y. Damgʻon uchun boʻlgan jangda amakisi Faridun Xusayn mirzo bilan Shapboniyxonga asir tushib qolgan, lekin Shayboniyxon ularni qoʻyib yuborgan. 1506-y. maydan Balx va uning viloyatiga egalik qilish uchun amir Oʻrda Shayx bilan kurashgan. Biroq, Oʻrda Shayx Balxni Boburga topshirish niyatida elchi yuboradi. Muhammad … Читать далее

MUSTYE MADANIYATI

MUSTYE MADANIYATI, m ustye davri — ilk paleolit davriningeng soʻnggi madaniyati (mil. av. 150—40 ming yillik). 19-a. ning 60-y. larida fransuz arxeologi G. Mortilye Fransiyaning jan.-gʻarbidagi Le-Mustye (Le Moustier) gʻoridan suyak va tosh qurollar topganligi uchun shu nom bilan yuritiladi. Bu davrda yashagan odamlar ne-andertallar nomi b-n fanga kirgan. Mustye madaniyati uchun gardishsimon nukleus va … Читать далее