VUD QOTISHMASI

VUD QOTISHMASI — oson eriydigan qotishma (erish t-rasi t3=68°). Tapkibi 50% vismut (Bi), 25% qoʻrgʻoshin (Pb), 12,5% pyx (Sn), 12,5% kadmiy (Cd) dan iborat. Ingliz muhandisi J. Vud 1860-y. da taklif qilgan. Quyma modellar tayyorlashda, yongʻinga qarshi qurilmalar va signal apparatlarda, metallografik shliflar quyish va b. da ishlatiladi. Пост Навигацияси

BEXER

BEXER (Becher) Iogannes Robert (1891.22.5, Myunxen1958.10.11, Berlin) —nemis yozuvchisi. Dastlabki asarlari ekspressionizm gʻoyalari bilan sugʻorilgan. «Hammaga» (1919), «Doimiy qoʻzgʻolonda» (1920), «Xudo nomi bilan» (1921) asarlarida spartakchilarning qahramonligini kuylash bilan insonga xos yaratuvchilikni va adolatsizlikka qarshi kurash gʻoyalarini ulugʻlaydi. Bexerning realizmga intilishlari bosqinchilik urushlarini qoralovchi L«yuizit» (1926) romanida yaqqol ifodalangan. U fashizmga qarshi adabiy harakatda muhim … Читать далее

VOLF

VOLF (Wolff) Kaspar Fridrix (1734. 18. 1, Berlin — 1794. 22.2, Peterburg) — nemis biologi. Oʻsimliklar vegetativ organlarining metamorfozi toʻgʻrisidagi taʼlimotning yuzaga kelishida katta hissa qoʻshgan. Epigenez nazariyasining asoschisi. Preformizmta qarshi chiqqanligi uchun Germaniyadan ketishga majbur boʻlgan. V. Peterburg FA aʼzosi (1767-y. dan) 1767-y. dan umrining oxirigacha Rossiyada ishlagan. Volf birinchi boʻlib embrion varaqlari toʻgʻrisidagi … Читать далее

VIRUSLI GEPATIT

VIRUSLI GEPATIT — oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki «pivo»ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, S, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. … Читать далее

VINIPLAST

VINIPLAST — polivinilxlorid asosida olingan, tarkibida plastifikator boʻlmagan plastik massa. Polivinilxloriddan tashqari, Viniplast tarkibiga stabilizatorlar va qayta ishlashni osonlashtiruvchi moddalar kiradi. Baʼzan Viniplast tarkibiga boʻyoqlar (rangli buyumlar olishda), toʻldirgichlar (tannarxini arzonlashtirish, fizik-mexanik xossalarini oʻzgartirish maqsadida) va modifikatorlar (baʼzi xossalarini yaxshilash uchun) qoʻshiladi. Viniplastni qayta ishlash usullari olinayotgan buyum turiga bogʻliq. Viniplast — yonmaydigan, hidsiz, termoplastik … Читать далее

VIJAYANAGAR

VIJAYANAGAR — Hindistonda, Krishna daryosidan jan. da 14—17a. larda mavjud boʻlgan davlat; Hindistonning aksar qismida musulmon sulolalari hukmronlik qilayotgan davrda hindlarning eng yirik davlati. Jan. hind xalqlari (telugu, tamil, kannara va tulu)ning Dehli sultonligiga qarshi kurashi natijasida vujudga kelgan (1336). Poytaxti — Vijayanagar sh. (lugʻaviy maʼnosi — gʻalaba shahri). Devarayya II davri (1422—46)da butun Jan. … Читать далее

VIBRATSIYA TEXNIKASI

VIBRATSIYA TEXNIKASI — mexanik tebranishlar (titrashlar, vibratsiyalar)ni hosil qilish usullari va vositalari majmui; shuningdek titrashlarni boshqarish, ulchash, nazorat qilish va zararli titrashlar bilan kurashish usullari. Vibratsiya texnikasi vositalariga foydali ishlar (mas., grunt, beton qorishmalarni zichlash, inshoot va apparatlarni sinash ishlari)ni bajarish uchun ataylab hosil qiladigan vibratsiya mashinasi, vibratsiya stendlari, asboblar, apparaturalar, qurilmalar; titrashlarni boshqaradigan va … Читать далее

VEXICHILIK

VEXICHILIK («Vexi» toʻplami nomidan olingan) — rus diniy-falsafiy oqimi (20-a. boshlari). Uning namoyandalari — N. A. Berdyayev, S. N. Bulgakov, P. B. Struve, S. L. Frank, M. O. Gershenzon va b. «Vexi» («Rus ziyolilari toʻgʻrisida maqolalar») toʻplamida (Moskva, 1909) inqilobiy-sotsialistik kayfiyatdagi ziyolilarning mafkurasi, jumladan ateistik materializm, siyosiy radikallik va narodniklik gʻoyalarini keskin tanqid qilib chiqdilar. … Читать далее

VAZELIN

VAZELIN (frans. vaseline, nem. wasser — suv va yun. elaion — zaytun moyi) — mineral moy b-n qattiq uglevodorodlar (parafin, serezin, petrolatum) aralashmasi; hidsiz, muloyim, oq yoki sariq modda, taʼmi yoʻq. 37—50° da suyuqlanadi; suvda erimaydi. Qoʻllash maqsadiga muvofiq turli tarkibda tayyorlanadi. Vazelin kosmetika va tibbiyotda surtma (maz) tayyorlashda qoʻllaniladi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir etadi va … Читать далее

VOHIDOV Erkin Vohidovich

VOHIDOV Erkin Vohidovich (1936.28.12, Fargʻona viloyati Oltiariq tumani) — shoir, dramaturg, jamoat arbobi. Oʻzbekistan xalq shoiri (1987), Oʻzbekiston Qahramoni (1999). ToshDU filol. f-tini tugatgan (I960). «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1960—63; 1975—82), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1963—70), direktor (1985 — 87), «Yoshlik» jur. bosh muharriri (1982-85). Ilk, sheʼriy … Читать далее