BEXER

BEXER (Becher) Iogannes Robert (1891.22.5, Myunxen1958.10.11, Berlin) —nemis yozuvchisi. Dastlabki asarlari ekspressionizm gʻoyalari bilan sugʻorilgan. «Hammaga» (1919), «Doimiy qoʻzgʻolonda» (1920), «Xudo nomi bilan» (1921) asarlarida spartakchilarning qahramonligini kuylash bilan insonga xos yaratuvchilikni va adolatsizlikka qarshi kurash gʻoyalarini ulugʻlaydi. Bexerning realizmga intilishlari bosqinchilik urushlarini qoralovchi L«yuizit» (1926) romanida yaqqol ifodalangan. U fashizmga qarshi adabiy harakatda muhim oʻrin egallaydi. 1933—45 y. larda muhojirlikda yashaydp. «Baxt izlovchi va yetti gunoh» (1938), «Asr oʻrtasiga qadam» (1958) va b. sheʼriy toʻplamlari; «Vidolashuv» (1940) romani bor. Bu romani oʻz biografiyasi asosida yozilgan. «Tajribalar» (1951 — 57) madaniyat muammolariga bagʻishlangan. Xalqaro mukofot laureati (1952).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x