VINIPLAST

VINIPLASTpolivinilxlorid asosida olingan, tarkibida plastifikator boʻlmagan plastik massa. Polivinilxloriddan tashqari, Viniplast tarkibiga stabilizatorlar va qayta ishlashni osonlashtiruvchi moddalar kiradi. Baʼzan Viniplast tarkibiga boʻyoqlar (rangli buyumlar olishda), toʻldirgichlar (tannarxini arzonlashtirish, fizik-mexanik xossalarini oʻzgartirish maqsadida) va modifikatorlar (baʼzi xossalarini yaxshilash uchun) qoʻshiladi. Viniplastni qayta ishlash usullari olinayotgan buyum turiga bogʻliq. Viniplast — yonmaydigan, hidsiz, termoplastik material, uni mexanik ishlash oson. Turli materiallar (beton va yogʻoch yuzalari) ga yaxshi yelimlanadi, 20—80° haroratda dielektrik xossaga ega. Kislotalar, ishqor va alifatik uglevodorodlar taʼsiriga chidamli; aromatik va xlorlangan uglevodorodlar taʼsiriga chidamsiz.

Viniplast kimyo sanoatida korroziyaga qarshi konstruksion material sifatida (idishlar, quvurlar, ventilyatsiya qurilmalari, kimyoviy uskunalar qismlari, lab. jihozlari va h. k.), suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarida, qurilish va b. yerlarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x