VEXICHILIK

VEXICHILIK («Vexi» toʻplami nomidan olingan) — rus diniy-falsafiy oqimi (20-a. boshlari). Uning namoyandalari — N. A. Berdyayev, S. N. Bulgakov, P. B. Struve, S. L. Frank, M. O. Gershenzon va b. «Vexi» («Rus ziyolilari toʻgʻrisida maqolalar») toʻplamida (Moskva, 1909) inqilobiy-sotsialistik kayfiyatdagi ziyolilarning mafkurasi, jumladan ateistik materializm, siyosiy radikallik va narodniklik gʻoyalarini keskin tanqid qilib chiqdilar. Vexichilar maʼnaviyatni ijtimoiy gʻoyalardan ustun qoʻyib, shaxsning ichki (botiniy) hayoti insonning birdan-bir ijodiy kuch manbaidir, deb hisobladilar. 1917-y. oktyabr toʻntarishidan keyin «Vexi» mualliflari bolsheviklarning gʻoyaviy dushmanlari sifatida ular nazariyasi va amaliyotiga qarshi fikrlar bilan chikdilar. Lenin koʻrsatmasi bilan Vexichilik harakatining liderlari xorijga badargʻa qilindi (1922). Qayta qurish yillarida (1985—91) N. A. Berdyayev, S. N. Bulgakov, S. L. Frank va b. V. oqimi vakillarining asosiy asarlari, jumladan «Vexi» toʻplami qayta nashr etildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x