MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK

MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK — davlatning monopoliyaga karshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, i. ch. (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot i. ch. ning yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum … Читать далее

MOZANDARON

MOZANDARON — Erondagi tarixiy viloyat. Gilon bilan Xuroson oraligida. Hoz. maʼmuriy boʻlinish boʻyicha oston (viloyat). 9—12-a. manbalarida Tabariston nomi bilan maʼlum. 13-a. dan esa Mozandaron deb atalgan. Sosoniylar davrida mustaqil hokimlik boʻlgan; keyinchalik arablar, somoniylar, saljuqiylar, moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan, ammo hokimiyatni mahalliy hokimlar boshqargan. Mozandaronni 14-a. oxirida Amir Temur qoʻshinlari egallagan. 16a. boshida Mozandaron … Читать далее

MIS QOTISHMALARI

MIS QOTISHMALARI — mis asosidagi qotishmalar. Inson yaratgan birinchi metall qotishma (q. Jez davri). Bronza, jez va asosiy legirlovchi elementa nikel boʻlgan misnikel qotishmalari (q. Melxior) M. q. jumlasiga kiradi. Mis qotishmalari quyma, deformatsiyalanadigan va kukunsimon xillarga boʻlinadi. Quyma Mis qotishmalari suyuqlanganda oquvchan boʻladi, qotganda uncha kirishmaydi. Deformatsiyalanadigan Mis qotishmalari issiqlayin yoki sovuqlayin bosim bilan … Читать далее

MOʻMINOV Turdi Murodovich

MOʻMINOV Turdi Murodovich (1948.5.3, Qarshi tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1998). Qarshi ped. in-tining oʻzbek tili va adabiyoti f-tini tugatgan (1971). 1971-y. dan Kasbi tumani xalq taʼlimi huzurida tashkil etilgan yetakchilar tayyorlash kursida oʻqituvchi, 1979-y. dan Karshi tumanidagi 12maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Moʻminov darsda yoshlarga vatan tuygʻusini, milliy qadri-yatlar va mafkurani singdirishda … Читать далее

MILLATCHILIK

MILLATCHILIK — millat ayirish; oʻz millatining haqhuquklarini boshqa millatlar haqhuquqidan yuqori qoʻyish, oʻz ehtiyojlari va manfaatlarini oʻylab, boshqa millatning yoki boshqa xalqlar vakillarining ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik. Millatchilik milliy biqiklik, millat-parastlikka asoslanib, milliy nizo, ixtiloflarga sababchi boʻladi, jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin. «Millatchilik» va «ta-jovuzkor Millatchilik» tushunchalarini farqlash lozim. Millatchilik oʻz … Читать далее

PULEMYOT

PULEMYOT (rus. pulya — oʻq va metat — otish) — dushmanning yer, havo va suvdagi nishonlarini shikastlash uchun ishlatiladigan tezotar avtomatik qurol. Tuzilishi va vazifasiga koʻra: stanokli, koʻl, tank, zenit, aviatsiya va rota P. lari, stvolining diametri boʻyicha asosiy kalibrli (6,5 — 8,0 mm) va yirik kalibrli (12,7—15 mm) xillarga boʻlinadi. Stanokli Pulemyot 2000 — … Читать далее

MIS SULFAT

MIS SULFAT, mis kuporosi, toʻtiyoyi, CuSO4 — tiniq kristall modda. Suyuklanish t-rasi 200°, zichligi 3,603 g/ sm3. Kizdirilganda (650° atrofida) parchalanadi: CuSO4= CuO+SO2+ʻ/2O2. Suvda yaxshi eriydi. Suvli eritmalaridan CuSO45H2O — mis kuporosi kristallanadi (rangi och koʻk), u 105° dan yuqori t-rada ikki molekula suv yoʻqotib CuSO43H2O (zan-gori rang)ga, 150° da monogidrat CuSO4H2O ga aylanadi. 250° … Читать далее

MARATHALAR DAVLATI

MARATHALAR DAVLATI — 17-a. ning 2-yarmi va 19-a. boshida Maharashtra (Hindiston)da mavjud boʻlgan davlat. Maharashtraning aholisi musulmon yer egalari tomonidan gʻoyat jabrlangan. Ular shu bois boburiylar hukmronligiga qarshi ozodlik harakatlari boshlagan. Bu qoʻzgʻolonga Shoxji, soʻngra uning oʻgʻli Shivaji boshchilik kilgan. 1674-y. da mustaqil Marathalar davlati tuzilgan. Marathalar davlatini markazlashtirish maqsadida bir necha maʼmuriy islohot oʻtkazilgan, … Читать далее

MANAPLAR

MANAPLAR — qirgʻiz qabilalari urugʻ zodagonlari (biylar, harbiy boshliqlar va b.). 19-a. boshidan Manaplarning imti-yozlari meros boʻlib qoladigan boʻlgan. Ular ogʻa M. va ularga tobe boʻlgan kichik (chala) Manaplarga boʻlingan. Manaplar koʻplab qoramol, keng yaylov va b. ga ega boʻlishgan. Chor xukumati Qirgʻizistonni bosib olgandan soʻng, Manaplar uning ishonchli tayanchiga aylangan. 1919—24 y. larda shoʻro … Читать далее

MIDIYA

MIDIYA — Eron togʻligining shim.-gʻarbiy qismidagi tarixiy viloyat; qadimda qabilalar ittifoqi nomi, soʻngra poytaxti Ekbatona (hoz. Hamadon) boʻlgan podsholik (mil. av. 7-a. 70-y. lari — 6-a. oʻrtalari). Dastlab Midiya liklar mil. av. 9-a. ning 2-yarmiga oid ossuriy yilnomalarida qayd etilgan. Aftidan, qabila ittifoqi mahalliy tub qabilalar uyushmasidan tashkil topgan; biroqmil. av. 9—8-a. dayoqyangi qabilalar kelishi … Читать далее