VIJAYANAGAR

VIJAYANAGAR — Hindistonda, Krishna daryosidan jan. da 14—17a. larda mavjud boʻlgan davlat; Hindistonning aksar qismida musulmon sulolalari hukmronlik qilayotgan davrda hindlarning eng yirik davlati. Jan. hind xalqlari (telugu, tamil, kannara va tulu)ning Dehli sultonligiga qarshi kurashi natijasida vujudga kelgan (1336). Poytaxti — Vijayanagar sh. (lugʻaviy maʼnosi — gʻalaba shahri). Devarayya II davri (1422—46)da butun Jan. Hindiston V. ga qoʻshib olingan, Seylon va Birmaga harbiy yurishlar qilinib Bahmaniylar sultonligi ustidan bir necha gʻalabalarga erishilgan. Krishnadevarayya davri (1509—29)da Vijayanagar qudratli davlatga aylangan. Vijayanagarda jan. hind xalqlarining sanʼati va adabiyoti taraqqiy etgan. Biroq ichki nizolar, qoʻshni sultonliklar bilan boʻlgan muttasil urushlar natijasida Vijayanagar zaiflashgan. Bijapur, Ahmadnagar, Bidor va Golkonda sultonliklari bilan boʻlgan urushda (Talikot jangi, 1565) magʻlubiyatga uchragach, Vijayanagar mayda sultonliklarga boʻlinib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x