VOLF

VOLF (Wolff) Kaspar Fridrix (1734. 18. 1, Berlin — 1794. 22.2, Peterburg) — nemis biologi. Oʻsimliklar vegetativ organlarining metamorfozi toʻgʻrisidagi taʼlimotning yuzaga kelishida katta hissa qoʻshgan. Epigenez nazariyasining asoschisi. Preformizmta qarshi chiqqanligi uchun Germaniyadan ketishga majbur boʻlgan. V. Peterburg FA aʼzosi (1767-y. dan) 1767-y. dan umrining oxirigacha Rossiyada ishlagan. Volf birinchi boʻlib embrion varaqlari toʻgʻrisidagi hoz. zamon taʼlimotiga asos solgan. Uning ilmiy ishlari embriologiya fanining rivojlanishi uchun zamin boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x