VIBRATSIYA TEXNIKASI

VIBRATSIYA TEXNIKASI — mexanik tebranishlar (titrashlar, vibratsiyalar)ni hosil qilish usullari va vositalari majmui; shuningdek titrashlarni boshqarish, ulchash, nazorat qilish va zararli titrashlar bilan kurashish usullari. Vibratsiya texnikasi vositalariga foydali ishlar (mas., grunt, beton qorishmalarni zichlash, inshoot va apparatlarni sinash ishlari)ni bajarish uchun ataylab hosil qiladigan vibratsiya mashinasi, vibratsiya stendlari, asboblar, apparaturalar, qurilmalar; titrashlarni boshqaradigan va ularni oʻlchaydigan apparatlar; titrashga qarshi texnika vositalari, yaʼni zararli titrashlarni soʻndirish, izolyatsiyalash qurilmalari kiradi.

Vibratsiya texnikasi vositalarining ish organlari yuritmasini titratishning eng keng tarqalgan turi markazdan qochma usulda, porshen, krivoshin-shatun yordamida titratish hisoblanadi. Vibratsiya texnikasida vibratsiya parametrlari (siljishlar, tezliklar va tezlanishlar, chastota, faza, amplitudalar)ni oʻlchash bilan vibrometriya shugʻullanadi. U idya vibrometr va akselerometr kabi asboblardan foydalaniladi.

Vibratsiya texnikasining masalalaridan biri insonlar, asboblar, mashina va inshootlarni titrashning zararli taʼsirlaridan himoya qilish hisoblanadi. Buning uchun qoʻshimcha energiya manbalarini talab qilmaydigan odatdagi passiv vibro-izolyatsiyadan tashqari statik va dinamik muvozanatlash usullari, inersiyali hamda elastik parametrlar va b. qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x