VORISLIK HUQUQI

VORISLIK HUQUQI — vafot etgan shaxs meros boʻyicha huquqdari va majburiyatlarining yurislariga oʻtish tartibini belgilovchi xukuqiy meʼyorlar majmuasi; fuqarolik huquqining bir qismi. Fuqaroning vafotidan keyin vorislarga oʻtadigan mol-mulki meros mulk hisoblanadi. Vorislik vasiyat (q. Vasiyatnoma) va qonun boʻyicha amalga oshiriladi. Meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan … Читать далее

BEDA TUNLAMI

BEDA TUNLAMI, zigʻir tunlami (Heliothis ViriplacaHutn.) — toʻplamlar oilasiga mansub kapalak. Qanotlari yoyilganda 28 — 37 mm; oldingisi sargʻish-yashil, baʼzan sargʻish-kulrang boʻlib, oʻrta qismidan keng qoramtir koʻndalang yoʻl oʻtadi; qanotining uchida noaniq qora dogʻchalari bor. Qurtining uz. 40 mm, nim yashil, baʼzan pushti yoki qoʻngʻiroq ranglisi ham uchraydi, orqasida navbatlanib keluvchi oqyoki qora tusli yoʻllari … Читать далее

VOLIY

VOLIY (arab. — hokim, noib) — oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida viloyat hokimi (noibi). Voliylar xon va podshoh tarafidan tayinlanib, viloyatning mutlaq hokimi hisoblangan. Mustamlaka mamlakatlarga metropoliya tomonidai tayinlangan hokimlar ham sharq manbalarida Voliy deb atalgan. Mac, Misr va Hindistonga 18—19-a. larda yuborilgan ingliz vitse-qirollari Voliy deb atalgan (yana q. Vitse-qirolliklar, noib). Пост Навигацияси

VISMUT

VISMUT, sof vismut — mineral. Asosan sof tugʻma metall — Bi dan iborat. Trigonal singoniyali. Vismut mayda donachalar, zanjirsimon, varaqasimon kristallar. Kumushsimon oq, kulrang va sargʻish. Yaltirokligi metallsimon. Qattiqligi 2,5. S. of. 9,8. Asosan gidrotermal eritmalardan hosil boʻladi. Pegmatit, skarn, greyzen, yuqori haroratli gidrotermal konlarda kassiterit, volframit, molibdenit, sheyelit, qoʻrgʻoshin, rux, mis, temir sulfidlari, shuningdek … Читать далее

BARTOLINIT

BARTOLINIT — qin (diloq) dahlizidagi katta Bartolin bezlarining yalligʻlanishi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar: gonokokk, streptokokk, stafilokokklarning bez yoʻllariga kirishi sabab boʻladi. Gonokokklar qoʻzgʻatgan Bartolinit (soʻzak B. i)da koʻpincha bez yoʻllarining har ikki tomon i yalligʻlanadi. Uz vaqtida davo qilinmasa, bez yoʻlining yalligʻlanib boʻrtishi natijasida teshigi berkilib, yiring toʻplanadi, yaʼni Bartolin bezining abssessi paydo boʻladi, bunda qattiq … Читать далее

BAROQ

BAROQ, Buroq, Baroq oʻgʻlon (? — 1428) — dashti qipchoqlik hukmdor (1423—28). Oʻrusxonning nabirasi. Baroq 1419-y. may oyida taxt uchun kurashda koʻmak istab Samarqandga Ulugbek huzuriga kelgan. Ulugʻbek unga harbiy yordam beradi va shu yilning avg. oxirida oʻzi ham katta qoʻshin bilan safarga chiqib, 5 sent. da Chinoz yonida Sirdaryodan kechib oʻtadi. Dushman (Tugʻa Temur … Читать далее

VANNALAR

VANNALAR — gigiyena va davolash-profilaktika maqsadida qoʻllaniladigan muolajalar. Suv (q. Suv bilap davolash), balchiq (q. Balchiq bipan davolash), qum (q. Qumga tushish), havo (q. Havo va quyosh vannalari) vannalari boʻladi. Koʻproqumumiy Vannalar qoʻllaniladi. Oddiy suv vannasida badanni suvga koʻmib yotiladi. Suv haroratiga qarab sovuq (22» gacha), iliq (33-36°), issiq (37-39°), qaynoq Vannalar ; tarkibiga koʻra … Читать далее

VALIANT

VALIANT — ertagi serhosil shaftoli navi. Vatani Amerika. Daraxti oʻrtacha kattalikda. Oʻzidan changlanadi. Mevasi yirik (140—170 g), dumaloq-tuxumsimon, rangi toʻq sariq. Pustila siyrak nozik tuklari bor. Eti xushboʻy, sargʻimtir, shirali, danak atrofi qizgʻish, shirin. Eti danagidan yaxshi ajraladi. Danagi yirik. Koʻchati ekilganidan keyin 2—3-yildan hosil qiladi, 5—6-yili toʻliq hosilga kiradi. Hosildorligi yuqori (160—170 s/ga). Boshqa … Читать далее

VAZN TOIFALARI

VAZN TOIFALARI — oʻzbek milliy kurashi, yunon-rum kurashi, erkin kurash, boks va ogʻir atletikada sportchilarning vazniga qarab guruhlarga boʻlinishi. Sportda musobaqa qatnashchilariga teng imkoniyat yaratib berish uchun ular toifalarga ajratiladi. Mas., boksda — kichik yoshdagi (15—16 yoshli) oʻsmirlar — 15 ta, oʻspirinlar (17—18 yoshli) — 12 ta, kattalar — 10 ta; kurashda — 8 ta, … Читать далее

VIBORG

VIBORG — RF Leningrad viloyatidagi shahar. Fin qoʻltigʻi sohilidagi orol va yarim orollarda joylashgan. Saymen kanali yaqinidagi muhim dengiz porti, t. y. tuguni. Aholisi 81 ming kishi (1999). 1293-y. da Viborgda shvedlar qalʼa kurgan, keyinchalik shu qalʼa atrofida shahar vujudga kelgan. 1721-y. Nishtadt sulh shartnomasiga muvofiq Viborgni Rossiya egallagan. 1918—40 y. larda Finlyandiya (Viipuri deb … Читать далее